AQSHning Virjiniya shtati, Chesapik shahridagi Walmart do‘konida ommaviy otishma yuz berdi, bir necha kishi halok bo‘ldi va yaralandi. Bu haqda shahar politsiyasi vakili Leo Kosinski CNN telekanaliga ma’lum qildi. U hodisa qurbonlari va jabrlanganlarning aniq sonini oshkor etmadi.
Otishma do‘kon ichida sodir bo‘lgan, biroq Walmart tashqarisida ham jasad topilgan. Kosinskining so‘zlariga ko‘ra, hujumchi yolg‘iz harakatlangan, uning o‘zi ham halok bo‘lgan, ammo politsiyachilardan hech biri unga o‘q uzmagan edi.
Otishmani do‘kon menejerlaridan biri sodir etgan deb yozmoqda The Daily Beast o‘zini Walmart xodimi deb atagan Kevin Xarperga tayanib.
Politsiyaning mahalliy WAVY telekanaliga ma’lum qilishicha, halok bo‘lganlar soni o‘n nafardan oshmaydi, do‘konga 40 dan ortiq tez yordam mashinasi kelgan.
“Mamlakatimizda ko‘plab odamlarning hayotiga zomin bo‘lgan qurolli zo‘ravonlik epidemiyasini tugatish uchun yechim topmagunimizcha tinchlanmayman”, — dedi Virjiniya senatori Luiza Lukas ushbu hodisadan keyin.
Avval Chikago shahrida Xellouin kechasida otishma yuz berib, o‘ndan ortiq odam yaralangan edi.
Izoh (0)