Turkiyada yuz bergan kuchli zilzila oqibatida kamida 50 kishi jabrlandi, ularning ba’zilari og‘ir ahvolda. Bu haqda Anadolu agentligi Turkiya sog‘liqni saqlash vaziri Faxriddin Kojaga tayanib xabar bermoqda.
Turkiya IIV rahbari Sulaymon Soylu halok bo‘lganlar haqida hozircha xabarlar kelib tushmaganini aytdi. Shuningdek, yer silkinishi natijasida katta ko‘lamli vayronagarchiliklar haqida ham ma’lumotlar yo‘q.
Bolu viloyati gubernatori Erkan Qilich jabrlanganlarning ba’zilari zilzila vaqtida sarosimaga tushib, balkonlardan tashqariga sakraganini ma’lum qildi.
5,9 magnitudali zilzila 23-noyabr kuni ertalab 4:08 (Toshkent vaqti bilan 6:08) da yuz berdi, uning epimarkazi mamlakat shimoli-g‘arbiy qismidagi Duzje shahridan 18 km masofada joylashdi. Yer silkinishlari Istanbul, Anqara, Bolu va yana bir nechta shaharlarda ham sezilgan. Zilzila o‘chog‘i 6,81 km chuqurlikda bo‘lgan. Yer silkinishidan keyin kamida 101 ta aftershoklar qayd etilgan.
Izoh (0)