Toshkent IESda 52 kVt quvvatli quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, issiqlik elektr stansiyalarida o‘z ehtiyojlari uchun zarur bo‘lgan elektr energiyasini muqobil energiya manbalari asosida ishlab chiqishga alohida e’tibor berilmoqda.
Ayniqsa, iste’mol katta bo‘lgan kuz-qish mavsumida ushbu loyihalarning ahamiyati juda muhim hisoblanadi, — deyiladi xabarda.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, Toshkent IESda o‘rnatilgan quyosh panellari orqali yiliga o‘rtacha 94 ming kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi.
Buning natijasida yiliga 30 ming kub metr tabiiy gaz iqtisod qilinishiga erishiladi.
Mavzuga doir:
Izoh (0)