• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Latviyada 50 dan ortiq inson umriga zomin bo‘lgan supermarket, Amerikada ekologik falokat va Ukrainada inqilob — “Yevromaydon” boshlanishi. Kun xronologiyasida 21-noyabr

    21-noyabr sanasiga bog‘liq diqqatga sazovor voqealar qatoridan natsistlar Latviyada tomi qulab tushgan supermarket, Amerikada ekologik falokat — chuchuk suvi sho‘rga aylangan ko‘l hamda Ukrainada inqilob — “Yevromaydon”ning boshlanishiga oid faktlar o‘rin olgan.

    Latviyada 50 dan ortiq inson umriga zomin bo‘lgan supermarket

    2013-yil 21-noyabr kuni Latviya poytaxtidagi Zolitud kichik tumanida joylashgan Maxima supermarketining tom qismi qulab tushishi oqibatida 54 kishi halok bo‘lgandi. Shuningdek, o‘nlab insonlar tan jarohatlari bilan shifoxonaga yetkazilgan.

    Foto: “RBK”

    Foto: “RBK”

    Savdo markazining qulab tushishi butun Latviya uchun fojia va shokka aylangan. Mamlakatda insonlar halokati bilan bog‘liq bunday keng ko‘lamli hodisa sodir bo‘lmagan edi. Guvohlarning aytishicha, butun Riga sarosimaga tushgan, aholi qo‘ldan kelgancha yordam berishga uringan.

    Ma’lumotlarga ko‘ra, 40 ga yaqin odam jarohat olgan, 29 nafari shifoxonaga yotqizilgan (ularning 10 nafari qutqaruvchilar). Vayronalar ostida qolib ketganlar ayrimlar telefon ovozlari orqali orqali qidirib topilgan. Qidiruv ishlari juda sekin kechgan: konstruksiya nimjon bo‘lgani va u yana qulashi xavfi mavjudligi sabab qutqaruvchilar zargarona ishni amalga oshirishi kerak edi.

    Foto: “RBK”

    Foto: “RBK”

    Maxima supermarketining tom qismi payshanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 17:40 da qulagan. Fojianing aniq sabablari hozirga qadar ma’lum emas. Latviyalik jurnalist Kseniya Zagorovskayaga ko‘ra, halokatdan 15—20 daqiqa oldin yong‘in signalizatsiyasi ishlab ketgan — o‘t o‘chiruvchilar brigadasi zudlik bilan yetib kelgan, biroq yong‘in o‘choqlari aniqlanmagan. Aftidan, savdo markazining tom qismi o‘tirishni boshlagan va simlarning bir qismi uzilib ketgan — signalizatsiya shu sabab ishlab ketgan bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga, Norvik banki bo‘limining xodimlari o‘z rahbariyatiga qo‘ng‘iroq qilib, sodir bo‘lgan voqea bo‘yicha hisobot bergan va tezda bo‘limni yopib, evakuatsiya qilish topshirig‘ini olgan.

    Zagorovskayaning aytishicha, Maxima tarmog‘i rahbariyati o‘z ishchilariga aksincha buyruq bergan: vahima ko‘tarmaslik va ishlashni davom ettirish. Natijada xaridorlar do‘konlarga kirishni davom etgan, sotuvchilar esa zalda qolgan.

    Tom qismi qulagan hudud 500 kvadrat metr maydonni tashkil etgan. Voqea joyiga tezda 400 ga yaqin qutqaruvchi yetib kelgan bo‘lib, ularning uch nafari vayronalar ostida qolgan odamlarga yordam berish vaqtida halok bo‘lgan.

    Foto: “RBK”

    Foto: “RBK”

    Bino Maxima savdo tarmog‘i ijarachi bo‘lgan Homburg Group’ning buyurtmasiga binoan Re&Re kompaniyasi tomonidan qurilgan. Bino 2011-yilda foydalanishga topshirilgandi. Halokat tuproqning seysmik tebranishi yoki metall konstruksiyaning sifatsiz yig‘ish natijasida yuz bergan deb hisoblangan. Shu bilan birga, bino konstruktori fojiaga tomda ko‘plab qurilish materiallari joylashishi oqibatida yuz bergan deya hisoblagan.

    2013-yilning dekabrida Yanis Kajotsinsh boshchiligida jamoatchilik komissiyasi tuzilgan. Latviya prezidenti Andris Berzinsh chuqur tergov o‘tkazishni talab qilgan, u Latviya qurilish kompaniyalariga aloqador bo‘lmagan mustaqil xorij ekspertlarini jalb etmoqchi bo‘lgan. “Bu begunoh insonlarning ommaviy o‘ldirilishi. Aybdorlar javobgarlikka tortilishi”, — degandi prezidenti.

    Ayrim fuqarolar fojiada Maxima tarmog‘ining aybi bo‘lmagan, barchasiga Latviya hukumati aybdor deb hisoblaydi. Chunki iqtisodiy inqiroz va qattiq siyosat sabab qurilish obyektlarining mustaqil ekspertizasi bilan shug‘ullanuvchi “Stroyinspeksiya” davlat tashkiloti yopib yuborilgandi.

    Halokat ko‘rsatib bergan yana bir muammo — odamlarning o‘zlarini favqulodda holatlarga tayyor emasligi. Qayd etilishicha, tom qulagan vaqtda supermarket ichida AirBaltic kompaniyasining ikki uchuvchisi ham bo‘lgan, ular zudlik bilan xizmat eshigidan chiqib etgan, qolganlar esa vahimada markaziy eshikka yo‘nalgan.

    Foto: “RBK”

    Foto: “RBK”

    Holat bo‘yicha birinchi sud ishi 2015-yil 8-dekabr kuni “Kipsala” ko‘rgazma markazida o‘tkazilgan. To‘plangan hujjatlar 80 tomni tashkil etgan. 2016-yil 1-mart kuni o‘tkazilgan ikkinchi majlisda avvalida halok bo‘lganlar va jabrlanganlarning oila a’zolari ishtirokida namoyish tashkil etilgan. Latviyaning turli sudlariga 600 million yevrolik 19 ta da’vo kelib tushgan.

    2020-yilda sud hukm chiqargan: ayblanuvchilardan biri 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan va qurbonlarga 5 million yevro to‘lash belgilangan.

     

    Ekologik falokat: Amerikadagi chuchuk suvli ko‘l suvining sho‘rlashuvi

    Amerikaning Luiziana shtatidagi Nyu-Aybiriya shahri yaqinida Penyor ko‘li joylashgan. 1980-yilga qadar u chuchuk suv havzasi bo‘lib, mahalliy dam oluvchilar orasida cho‘milish va baliq ovlashga mo‘ljallangani bilan mashhur edi. Ammo o‘sha yilning 21-noyabr kuni umumiy maydoni besh kvadrat kilometr, chuqurligi uch-to‘rt metr keladigan ko‘l, o‘rtasida go‘zal botanika bog‘i bo‘lgan orolchada texnogen falokat yuz bergan.

    Foto: Placepic

    Foto: Placepic

    O‘sha kuni Wilson Brothers korporatsiyaning burg‘ichilari suv havzasi tubida burg‘ilash ishlarini olib borayotgandi — ular Texaco kompaniyasining buyurtmasiga ko‘ra, neft qidirgan. Ko‘l ostidan tunnellar tarmog‘i ko‘rinishida tuzli shaxta o‘tgan — balandligi 24 metr, eni 30 metrga teng. Uning yuqori qismi tuzli ustunlarga tayanib turgan. Shaxta Diamond Crystal Salt kompaniyasining xususiy mulki hisoblangan.

    20-noyabr kuni kechqurun besh nafar burg‘ilovchi muammoga duch kelgan. Ish davomida jami 374 metr chuqurlik qazilgan, ammo uni davom ettirishning imkoni bo‘lmagan: burg‘i tiqilib qolgan. Ishchilar ertalabki smenadagi hamkasblarini kutishga qaror qiladi. 21-noyabr kuni ertalab soat 06:00 da obyektda ikkita smena bor edi. Oradan yarim soat o‘tgach, vaziyat jiddiyligini tushunib yetgan: burg‘ilash uskunasi yoqimsiz tovush chiqarib, sekin og‘ishni boshlagan. Jamoa zudlik bilan ratsiya orqali Texaco ofisiga chiqqan va yuzaga kelgan muammo haqida hisobot bergan. Shundan keyin ular 350 metr naridagi qirg‘oq tomon oshiqqan. Bir necha soatdan keyin platforma suv ostiga g‘arq bo‘lgan.

    Muammoni birinchi bo‘lib Yunius Geddison ismli elektrik payqagan: u baland shovqinni eshitgan. Tez orada Geddison nima bo‘layotganini tushunib yetgan — iflos suv oqimida yuqori tezlikda bir-biriga urilgan holda ikki barrel yonilg‘i yaqinlashib kelayotgan edi. Bu ulkan girdob bo‘lib, u burg‘ilashdagi teshik sabab yuzaga kelgan.

    Yaxshi muvofiqlashtirilgan evakuatsiya harakatlari, favqulodda yoritish va tezkor ogohlantirish tizimi tufayli shaxtadagilarning barchasi omon qolishga muvaffaq bo‘lgan. Keyinroq aniqlanishicha, burg‘ichilardan biri tasodifan 400 metr chuqurlikda joylashgan shaxtaning tuzli qatlamini teshib qo‘ygan. Suv bir zumda o‘lchami 35 santimetrli teshikni yuvib yuborib, pastga oqa boshlagan. Natijada diametri 55 metrga teng ulkan girdob hosil bo‘lgan. U suv yuzasida bo‘lgan qayiq, 11 ta barjani, burg‘ilash uskunasini, uylarni, yuk mashinalarini, botanika bog‘i bo‘lgan orolni so‘rib olgan. Uch soat ichida 30 milliard litr suv oqib ketgan.

    Penyor ko‘lidan 20 kilometr uzoqlikda Meksika ko‘rfazi joylashgan. Ko‘l u bilan Delkambr kanali orqali bog‘langan. Yer ostida yuzaga kelgan teshik tufayli Penyor sayozlashgan, Delkambrning suv sathi bir metrga tushib ketgan. Suv shaxtada sho‘rga aylanib, ortga qayta boshlagan; balandligi 4,5 metrli sharshara yuzaga kelgan. Suyuqlik tunneldan havodan ko‘ra tez chiqqani bois ko‘l atrofida 120 metrli geyzer paydo bo‘lgan.

    Foto: Placepic

    Foto: Placepic

    Penyor ko‘lidagi texnogen falokatda qurbonlar bo‘lmagan, faqat uchta it bedarak yo‘qolgan. O‘sha kuni shaxta tubida bo‘lgan 55 nafar ishchining barchasi omon qolgan. Falokat vaqtida o‘zlarining alyuminiy qayig‘ida baliq tutayotgan tog‘a-jiyan cho‘kib ketishiga bir baxya qolgan — ular baxtli tasodif bilan xavfli zonadan qutulib chiqqan.

    Avariyadan keyin ko‘lning tarkibi butunlay o‘zgarib ketgan: endilikda u chuchuk emas, balki sho‘r suvga to‘lgandi. Oldingi flora va fauna vakillari o‘rnini sho‘r suv havzalarida yashovchi jonzotlar egallagan.

    Sodir bo‘lgan voqeadan keyin Diamond Crystal Salt kompaniyasi Texaco va Wilson Brothers kompaniyalarini sudga bergan. Shuningdek, mahalliy aholi ham ekologik falokat sabab ushbu kompaniyalar ustidan shikoyat kiritgan.

    Foto: Placepic

    Foto: Placepic

    Texaco (buyurtmachi firma) va Wilson Brothers (pudratchi) yakson qilingan tuz koni egasiga 32 million dollar, mahalliy aholiga esa 12,5 million dollar tovon puli to‘lashga majbur bo‘lgan.

    Ukrainadagi qonli inqilob — “Yevromaydon”

    “Yevromaydon” 2013-yil 21-noyabrda Ukrainada boshlangan e’tirozlardir. Namoyishlar Ukraina hukumatining Yevropa Ittifoqi bilan assotsiatsiya, chuqur va har taraflama erkin savdo kelishuvlarini to‘xtatishini e’lon qilishi bilan boshlangan.

    Foto: AFP

    Foto: AFP

    2013-yil mayda Kiyev xalqaro sotsiologiya instituti mamlakat ichida ushbu masala bo‘yicha so‘rov o‘tkazadi. Uning natijalari ukrainlarning 40 foizi mamlakat tezroq Bojxona ittifoqi va Yagona iqtisodiy makonga qo‘shilish tarafdori ekanini ko‘rsatgan. Shu bilan birga, respondentlarning 36 foizi Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish uchun assotsiatsiya bitimini imzolash kerak deb hisoblagan.

    Shunday qilib, 2013-yilda Ukrainada YIM va sanoat ishlab chiqarish o‘sishi 2012-yilga nisbatan tushib ketadi. Bu kabi holat energiya resurslari narxining qimmatligi, kreditlarning ko‘pligi va beqaror siyosat tomonidan qabul qilingan populistik budjet sabab yuzaga kelgan.

    Ukraina o‘z iqtisodiyotidagi muammolarini hal etishi va budjetni qo‘llab-quvvatlashi uchun kredit olishi zarur edi. O‘sha vaqtda talab etiladigan mablag‘ 15 milliard dollarni tashkil etgan. Shu bilan birga, ko‘pchilikni Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish g‘oyasi qiziqtirgan. Chunki yevrointegratsiya tarafdorlarining aksariyati “Yevropa Ittifoqi bilan assotsiatsiya bitimining imzolanishi” ertagayoq Ukraina YI a’zosiga aylantiradi deb o‘ylagan. Ammo bunday bo‘lishi dargumon edi. 2016-yilgi voqealarda Yevropa Ittifoqining yuqori rahbariyat Ukraina yaqin 25 yilda Yevropa Ittifoqi a’zosiga aylanmasligini aytgani buning isbotidir. Biroq o‘shanda Maydonda to‘plangan ukrain xalqining fikrlari tamoman boshqacha edi.

    Maydonning boshlanishiga Ukraina Vazirlar Mahkamasining Yevropa Ittifoqi bilan assotsiatsiya bitimini tuzishni to‘xtatib turish, Rossiya Bojxona ittifoqi bilan esa faol dialogni qayta tiklash bo‘yicha qarori sabab bo‘lgan. Bunga javoban muxolifat parlamentni bloklab qo‘ygan va 24-noyabr kuni kechqurun Kiyevdagi Shevchenko maydonida xalq yig‘ini o‘tkazilishini e’lon qilgan.

    Foto: AFP

    Foto: AFP

    Bu “Yevromaydon” so‘z ishlatilgan birinchi kun edi, keyinroq u ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan. Birinchi aksiya Kiyevdagi Mustaqillik maydonida soat 22:00 da boshlangan. Namoyishga 1-2 ming odam to‘plangan. Odamlar Maydonga Yevropa Ittifoqi bayroqlarini ko‘tarib chiqib, Vazirlar Mahkamasining yevrointergratsiyani to‘xtatish qaroriga norozilik bildirgan. Miting ishtirokchilarining bir qismi (150 kishi) kechasi bilan Mustaqillik maydonida qolgan.

    Mazkur insonlarning maydonga to‘planishiga nafaqat huquq-tartibot idoralari, balki ularni “Yevromaydon”ga chaqirganlar ham aybdor. Maydonni boshlashdan hech qanday ma’ni yo‘q edi — katalizator keyinroq paydo bo‘lgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, muxolifatning norozilik aksiyalari 2014-yil bahoriga rejalashtirilgan. Bahorga kelib Maydonning barcha moddiy ta’minoti tayyorlangan bo‘lardi. “Yevromaydon” avval boshidan noto‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgandi…

    “Yevromaydon” tashkilotchilari dastlabki kunlardayoq Maydonni hozir yoki bir necha kundan keyin tarqatib yuborish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazgan. Ular yakuniy qarorga kela olmagani tufayli ushbu masala keyinga qoldirilgan.

    22-noyabrga kelib Kiyevdagi Maydonda 5 mingga yaqin odam to‘plangan. 23-noyabr ham tinch o‘tgan, ammo miting tashkilotchilaridan biri maxsus kuchlar Kiyev markazida to‘planganlarni 24-noyabr quvib yubormoqchi ekanini “5 kanal” orqali e’lon qilgan. Kiyev militsiyasi buni rad etgan.

    Foto: AFP

    Foto: AFP

    24-noyabrda Mustaqillik maydoniga 50 ming kishi to‘plangan. Shu kuni namoyishchilar va militsiya o‘rtasidagi ilk to‘qnashuvlar yuz bergan. Norozilik namoyishi ishtirokchilari Vazirlar Mahkamasining markaziy kirish qismiga o‘tishga uringan. Ammo u yerga “Berkut” maxsus bo‘linmasi xodimlari joylashtirilgan.

    28-noyabr kuni Vilnyus sammiti boshlangan, Gruziya va Moldova Yevropa Ittifoqi bilan assotsiatsiya kelishuvlarini texnik tasdiqlash ishlarini yakunlagan. Kunduzi Ukraina tomonidan shartnoma imzolash imkoniyati haqida muzokaralar bo‘lgan, kechqurun Viktor Yanukovich Sharqiy hamkorlik sammitiga kelgan. Keyinroq u Assotsiatsiya bitimini imzolamagani ma’lum bo‘lgan. Ammo Maydonda vaziyat biroz hovuridan tushgan, keskinlik kamayishni boshlagandi.

    Foto: AFP

    Foto: AFP

    29-noyabr kuni 20 mingga yaqin odam Kiyevda “Yevropani Ukrainada quramiz” shiori ostidagi antimaydon aksiyasiga chiqqan. Ular Yevropa maydonida to‘plangan. Miting tinch o‘tgan. Bu vaqtda esa Mustaqillik maydonida “Berkut” bilan to‘qnashuvlar davom etardi. Namoyishchilar tutunli granatalarni otgan, “Berkut” nazoratni kuchaytirgan, o‘zaro mushtlashuvlar yuz bergan.

    Miting ishtirokchilari tomonidan prezident Viktor Yanukovichning iste’fosini talab qiladigan rezolyutsiya qabul qilingan va ular o‘z harakatlarini 1-dekabrga ko‘chirgan. Umuman olganda maydonga to‘plangan aholi kamaya boshlagan, norozilik sekin-asta to‘xtayotgandi. Biroq shu payt kutilmagan hodisa — Maydondagilarni quvib chiqarish boshlanadi.

    Foto: AFP

    Foto: AFP

    Maydonni tozalash 30-noyabr kuni soat 04:00 da boshlangan. Militsiya namoyishchilardan hududni bo‘shatib qo‘yishni, kommunal xizmatlar xodimlari Yangi yil archasini o‘rnatishi kerakligini aytgan. Bu vaqt maydonda kommunal xizmatlari xodimlari bilan birga “Berkunt”ning bir necha ming harbiysi paydo bo‘lgan. Namoyishchilar hech qayerga ketishni istamayotgani ma’lum bo‘lgach, ular harakatga kirishgan. Ular odamlarni “dubinka”lar bilan ura boshlagan, militsiya yorug‘lik-shovqin va ko‘zni yoshlantiruvchi granatalardan foydalanishga tushgan.

    Foto: AFP

    Foto: AFP

    “Yevromaydon” ishtirokchilari quvib solingach, miting ommaviy norozilik namoyishi tusiga kirgan. Bu vaqtga kelib namoyishchilar hatto tashkilotchilarni ham kutib o‘tirmagan va o‘zlarining nazorat qilinishlarini xohlamagan. Ko‘chaga nafaqat yevrointegratsiya tarafdorlari, balki korrupsiya, huquq-tartibot organlari, sud va soliqlar ishidan norozi bo‘lgan aholi ham chiqa boshlagan. Bu nazoratdan chiqib ketgan “Yevromaydon”ning boshlanishi edi…

    “Kun xronologiyasi” loyihasi doirasida har kuni ertalab soat 09:30 da ushbu sanaga bog‘liq eng muhim va qiziqarli voqealar yoritib boriladi.

    Mavzuga doir: Harbiy jinoyatchilar ustidan sud — Nyurnberg jarayonining yakunlanishi, Malida asirga olingan 170 kishi va Fransiyaga josuslik qilishda ayblangan taniqli aviakonstruktor. Kun xronologiyasida 20-noyabr

    21.11.2022, 09:30   Izoh (0)   29929
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Britaniyaning Tehrondagi elchisi Eron TIVga chaqirtirildi

    21.11.2022, 09:20

    Ukraina hukumati asirdagi rus harbiylari otilgani aks etgan videoni tekshirmoqda

    21.11.2022, 09:12

    Donald Tramp Twitter’ga qaytmasligini e’lon qildi

    21.11.2022, 08:00

    Eronda namoyishlar ortidan oltinchi odam o‘limga hukm qilindi

    21.11.2022, 07:33

    Xarkov, Donetsk va Xerson viloyatlarining ozod qilingan hududlarida 700 dan ortiq ukrainalikning jasadi topildi

    21.11.2022, 07:00

    Exit-poll: Qosim-Jo‘mart To‘qayev prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozondi

    21.11.2022, 06:06
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Bektemir Residence — oilaviy turmush uchun mo‘ljallangan uy-joy majmuasi


    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring


    UZTELECOM "Muruvvat" tarifini taqdim etadi: Atigi 25 000 so‘m evaziga g‘amxo‘rlik va e’tibor bilan boyitilgan aloqa


    Kapitalbank va Visa O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2026 saralash o‘yinini BAAda tantanali ravishda ochishdi


    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida 


    Tenge Bank Tenge24 ilovasida yangi raqamli avtokreditini e’lon qildi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 


    Mobiuz "Mehribon" imtiyozli tarif rejasini taqdim etdi


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


    Yangi ufqlar: Centrum Air haftasiga ikki marta Toshkentdan Bishkekka parvozlarni amalga oshiradi


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda


    Toshkentda xalqaro fintex-hodisa — Visa Cashless Forum 2025 bo‘lib o‘tdi 


    UCMG Amsterdamda bo‘lib o‘tayotgan Money 20/20 Europe xalqaro fintech ko‘rgazmasida O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi


     Coca-Cola jamg‘armasi va Global atrof-muhit va texnologiyalar jamg‘armasi (GETF) “Aylanma iqtisodiyot kelajagi uchun hamkorlik bitimi (PACT)” ni e’lon qilganligi haqida ma’lum qildi


     ADM Jizzakh Jizzaxda joylashgan 5-ixtisoslashtirilgan muassasa tarbiyalanuvchilari ehtiyoji uchun avtobus taqdim qildi

     

    Tavsiya etamiz

    Sevgi yoxud KGB maxsus operatsiyasi — grek milliarderiga uylangan sovet xizmatchisi

    7 iyun, 16:20

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentning ayrim ko‘chalari velomarafon sabab vaqtincha yopiladi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 22:52

    Mark-Andre ter Shtegen “Barselona”dan ketishi mumkin

    Sport | 7 iyun, 22:50

    Shavkat Mirziyoyev va Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif bir-birini Qurbon hayiti bilan tabrikladi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 21:19

    Italiya A Seriyasida 2025/26-yilgi mavsum uchun taqvim eʼlon qilindi

    Sport | 7 iyun, 21:17

    Toshkentdan Farg‘onaga giyohvandlik vositasini olib ketayotgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 21:10

    O‘zbekistonliklar to‘rt oyda turistik maqsadlarda eng ko‘p qaysi davlatlarga chiqayotgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 20:00

    Qamchiq dovonida yo‘lning bir qismi vaqtincha yopilgan

    O‘zbekiston | 7 iyun, 19:11

    Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Qahramoni Azim Latipov vafoti munosabati bilan hamdardlik yo‘lladi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 18:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.