Sirdaryo tumanida fuqaroning 1 200 AQSH dollarini qo‘lga kiritgan firibgar aniqlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar qildi.
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Sirdaryo tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Unda fuqaro Z.Z. (muqaddam sudlangan) va boshqalar o‘zaro til biriktirib, fuqaro B.X.ning yuk tashuvchi avtotransport vositalarini qo‘shni Qozog‘istonga kirishi va harakatlanishi uchun qalbaki ruxsatnoma tayyorlab berib, evaziga 1 200 dollarini qo‘lga kiritgani aniqlangan.
Tekshiruv davomida Z.Z. tomonidan 1 200 dollarni qaytargani protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)