Uzbekistan Airports axborot xizmatining ma’lum qilishicha, Salam Air ilk bor Namanganga parvozlarni yo‘lga qo‘ydi.
Qayd etilishicha, 18-noyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 12:06 da Ummonning Salam Air aviakompaniyasining samolyoti Namanganga kelib qo‘ndi. O‘zbekistonga yangi — Maskat—Namangan—Maskat parvoz yo‘nalishini ochgan Airbus A320 Neo samolyoti an’anaviy tarzda suv arkasi bilan kutib olindi.
Samolyot bortida 184 yo‘lovchi bilan soat 13:55 da Maskatga uchib ketdi. Muntazam reyslar haftada bir marta — juma kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
2016-yilda tashkil etilgan Salam Air Ummonda joylashgan arzon narxlarda xizmat ko‘rsatuvchi aviakompaniya bo‘lib, bosh qarorgohi Maskat xalqaro aeroportida joylashgan.
Mavzuga doir:
Izoh (0)