• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev O‘zbek va turkman xalqlari do‘stligi festivali ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi

    Shavkat Mirziyoyev O‘zbek va turkman xalqlari do‘stligi festivali ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Quyida tabrikning to‘liq matni keltiriladi.

    Muhtaram festival qatnashchilari! Qadrli do‘stlar!

    Avvalambor, Turkmanistonning betakror Dashoguz shahrida bo‘lib o‘tayotgan bugungi do‘stlik festivali yuksak darajada tashkil etilgani uchun Turkmaniston prezidenti hurmatli Serdar Gurbanguliyevich Berdimuhamedovga hamda barcha tashkilotchilarga o‘zimning chuqur minnatdorligimni izhor etaman.

    Hech shubhasiz, o‘zaro tarixiy-madaniy aloqalar o‘zbek va turkman xalqlari o‘rtasidagi ko‘p asrlik birodarlikning mustahkam tamal toshi bo‘lib kelmoqda. Chin qardoshlik va yaxshi qo‘shnichilik rishtalarini yanada kuchaytirishga qaratilgan ushbu muhim tadbir esa elu yurtlarimizning umumiy ezgu maqsadlari va orzu-intilishlari mushtarak ekanini yana bir bor yaqqol tasdiqlaydi. Qayd etish lozimki, so‘nggi yillarda barcha ustuvor sohalarda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish borasida ulkan ishlar amalga oshirildi.

    Shu o‘rinda Turkmaniston prezidenti hurmatli Serdar Berdimuhamedovning joriy yil iyul oyida Toshkentga amalga oshirgan tarixiy tashrifi strategik sherikligimizni yanada chuqurlashtirishga katta kuch va shiddat bag‘ishlaganini alohida ta’kidlab o‘tmoqchiman.

    Shuningdek, ko‘p qirrali munosabatlarimizning yuksak ishonch va bir-birini qo‘llab-quvvatlash ruhida rivojlanib borishida Turkmaniston Milliy kengashi Xalq maslahati raisi muhtaram Gurbanguli Myalikguliyevich Berdimuhamedov Janobi oliylarining ham misli ko‘rilmagan hissasi borligini aytib o‘tishni istar edim.

    Hurmatli anjuman ishtirokchilari!

    Qardosh xalqlarimiz o‘rtasida madaniy-ma’rifiy aloqalar yil sayin faollashib boryapti, turli konsert va festivallar, ko‘rgazmalar tashkil etilmoqda, madaniyat va kino kunlari o‘tkazilmoqda, yurtimizda turkman milliy madaniyat markazlari ishlamoqda.

    Yaqinda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi va Fanlar akademiyasi tomonidan tayyorlangan 100 jilddan iborat “Turkiy adabiyot durdonalari” nomli asarlar majmuasining 10 ta jildi turkman adabiyoti namunalariga ajratildi. Ushbu jamlanmadan Ozodiy, Andalib, Maxtumquli, Mullanafas, Berdi Kerbobayev, Xidir Deryayev, Otajon To‘g‘on kabi o‘nlab mashhur mumtoz va zamonaviy shoir-yozuvchilarning sara asarlari joy olgani, ayniqsa, e’tiborlidir.

    Shuningdek, 2018-yilda Toshkent shahrining markaziy ko‘chalaridan biriga turkman xalqining buyuk farzandi, mutafakkir shoir, turkman adabiyotining yorqin namoyandasi Maxtumquli nomi berilib, so‘lim xiyobon barpo etildi, shoir siymosi aks etgan barelyef o‘rnatildi.

    Xorazm viloyati Urganch tumanidagi “Turkmanlar” mahallasida joylashgan qadimiy “Ulli hovli” yodgorlik majmuasi qayta ta’mirlanib, foydalanishga topshirildi. Poytaxtimiz markazida bunyod etilgan “Ashxobod” bog‘i minglab vatandoshlarimiz va poytaxtimiz mehmonlarining sevimli go‘shasiga aylanib ulgurdi.

    Turkmanistonda istiqomat qilayotgan o‘zbeklar uchun alohida e’tibor ko‘rsatib kelinmoqda. Yaqinda betakror Ashxobod shahrida barpo etilgan muhtasham “Toshkent” bog‘i esa o‘zbek va turkman xalqlarining abadiy do‘stligi ramzi bo‘lib qoladi. Ishonchim komilki, ikki qardosh va azaliy do‘st ellarimizning qalblarini bir-biriga chambarchas bog‘laydigan bu kabi madaniyat bayramlari hamjihatlikdagi sa’y-harakatlarimiz bilan bundan keyin ham izchil davom etadi.

    Festivalning barcha ishtirokchilariga mustahkam sog‘liq, baxt-saodat va ezgu faoliyatlarida yangi muvaffaqiyatlar tilayman.

    Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston prezidenti

    Ma’lumot uchun, Turkmanistonning Dashoguz shahrida 16—17-noyabr kunlari O‘zbek va turkman xalqlari do‘stligi festivali bo‘lib o‘tishi reja qilingan. Ushbu tadbirda ishtirok etish uchun madaniyat va san’at namoyandalari, yozuvchi va shoirlar, hunarmandlar — jami yuzdan ortiq ijodkorlardan iborat O‘zbekiston delegatsiyasi Dashoguz shahriga tashrif buyurgan.

    Festival doirasida ikki davlat san’at ustalari ishtirokida konsert dasturlari, spektakllar namoyishi, har ikki taraf shoir va yozuvchilari, kino sohasi vakillarining ijodiy uchrashuvi, filmlar namoyishi, amaliy san’at hamda zargarlik buyumlari ko‘rgazmasi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

    16.11.2022, 23:34   Izoh (0)   11566
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Navoiyda qorovulxonada qimor o‘ynagan maktab direktori va uning o‘rinbosari ishdan olindi

    16.11.2022, 23:25

    O‘zbekistonda arab ishbilarmonlari doiralari ishtirokida yirik iqtisodiy forum o‘tkazilishi mumkin

    16.11.2022, 23:20

    Surxondaryoda bo‘rini o‘ldirib, terisini shilgan erkak jazolandi

    16.11.2022, 22:43

    Yaponiya O‘zbekistonda avtomobil yo‘llarini boshqarish tizimini joriy etish niyatida

    16.11.2022, 22:39

    Senat raisi: “2021-yilda 800 nafarga yaqin yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uy-joy bilan ta’minlandi”

    16.11.2022, 22:16

    Qamchiq dovoni avtomobillar harakati uchun yopilgani rad etildi (video)

    16.11.2022, 21:59
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    NASA hamkorligida yaratilgan sun’iy intellekt Quyoshdagi chaqnashlarni 2 soat oldin prognoz qila oladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:50

    “AQSH bosimiga qarshi birdammiz”: Xitoy Hindistonni qo‘llab-quvvatladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:10

    Superliga. “Nasaf” “Surxon”dan ustun keldi, “OKMK” “Xorazm” darvozasiga 3 ta gol kiritdi

    Sport | 23 avgust, 21:50

    Xitoyda ko‘prik qulashi oqibatida 12 nafar ishchi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 23 avgust, 21:35

    Rauf Parfi, Muhammad Yusuf va boshqa marhum ijodkorlar ordenlar bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 21:11

    Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov “Oliy darajali imom Buxoriy” ordeni bilan taqdirlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 20:46

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.