• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    O‘zbekistonda bog‘cha xodimlari maoshini oshirish taklifi ishlab chiqilgani ma’lum bo‘ldi

    O‘zbekistonda MTT xodimlarining maoshini oshirish bo‘yicha taklif ishlab chiqilgani ma’lum qilindi. Bu uchun davlat budjetidan o‘rtacha 2,9 trillion so‘m talab etiladi.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda 3-7 yoshli 2 million 800 ming nafar bola bo‘lib, shundan 1 million 959 mingi maktabgacha yoshdagi bolalar sanaladi. Joriy yilning birinchi yarmida 3-7 yoshli bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasi 69,5 foizga va 6 yoshli bolalarning maktabga tayyorlov tizimi bilan qamrovi 84 foizga yetkazilgan.

    Yana bir jihat borki, bolalarning intellektual, shaxsiy va jismoniy rivojlanishini ta‘minlashda hissa qo‘shayotgan maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachilarining ish haqi miqdori nisbatan past.

    Xo‘sh, qanday hollarda bog‘chalarda xodimlarning maoshiga qo‘shimcha haq to‘lanishi mumkin? Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlarining maoshlari oshiriladimi?

    Mazkur savollarga Maktabgacha ta’lim vazirligining Moliyaviy-iqtisodiy rivojlanishni rejalashtirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Sherzod Pardayev quyidagicha javob berdi:

    — Maktabgacha ta’lim tashkilotlarini yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlash bugunning dolzarb masalasidan biridir. Pedagog kadrlar uchun ularning mehnatiga munosib haq to‘lash sohadagi ishlar samaradorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ammo afsuski, olib borilayotgan chora-tadbirlarga qaramasdan, soha xodimlarining maoshini oshirish masalasi tizimdagi eng dolzarb muammolardan biri bo‘lib qolmoqda.

    Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori, pedagog xodimlari va tarbiyachi yordamchisi lavozimi maoshini ikki bosqichda oshirish bo‘yicha taklif ishlab chiqilgan.

    Shuningdek, qonunchilikka ko‘ra, davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlariga bajarilgan ishlar natijasiga qarab, hisobot davri yakunida, shuningdek, yubiley va bayramlarda “Xodimlarni moddiy rag‘batlantirish maxsus jamg‘armasi” hisobidan mukofot pullari to‘lab berilishi belgilab qo‘yilgan.

    MTT xodimlariga beriladigan mukofotning miqdori xodim tomonidan bajarilgan ishlar samaradorligiga mutanosib ravishda belgilanadi. Xodimning lavozim maoshiga har oylik qo‘shimcha haq xodim faoliyatining natijalari asosida maktab yoshigacha bo‘lgan bolalarni tarbiyalashga oid har bir ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy qilingan ilmiy-metodik qo‘llanma, ilmiy-tahliliy uslublar uchun lavozim maoshiga nisbatan 30 foizgacha, ta’lim va tarbiya sohasida tegishli tashkilot bilan bog‘liq ilmiy maqola nashr qilganligi uchun jurnalning darajasi va muhimligidan kelib chiqqan holda milliy ilmiy jurnallardagi nashr uchun lavozim maoshiga nisbatan 15 foizgacha hamda xalqaro jurnallarda e’lon qilingan har bir maqola uchun mualliflarga lavozim maoshiga nisbatan 30 foizgacha belgilanadi.

    Xodimning ko‘rik-tanlovlardagi ishtiroki uchun uning lavozim maoshiga nisbatan tuman va viloyat miqyosdagi natijalar uchun 15 foizgacha, respublika miqyosdagi natijalar uchun 20 foizgacha va o‘yin tamoyiliga asoslangan zamonaviy mashg‘ulotlarni tashkil qilganligi uchun 15 foizgacha miqdorda bir martalik qo‘shimcha haq to‘lanadi. Tarbiyalanuvchilarni ilm-fanga qiziqishini oshirishga hissa qo‘shgan tarbiyachi ham 20 foizgacha bo‘lgan miqdorda maoshiga bir martalik qo‘shimcha haq olishi mumkin.

    Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bir stavkada faoliyat ko‘rsatuvchi tarbiyachining maoshi uning malaka toifasiga qarab 1 million 506 ming 229 so‘mdan 2 million 46 ming 822 so‘mgacha tabaqalashtirilgan. Jumladan, o‘rta maxsus ma’lumotli tarbiyachining bazaviy tarif stavkasi 1 million 506 ming 229 so‘m, oliy ma’lumotli tarbiyachining bazaviy tarif stavkasi 1 million 631 ming 200 so‘mni tashkil etadi.

    Bolalarni boshlang‘ich ta’limga majburiy bir yillik tayyorlash guruhlarida faoliyat ko‘rsatuvchi oliy ma'lumotli tarbiyachi lavozim maoshi uning malaka toifasiga qarab 2 million 341 ming 248 so‘mdan 2 million 840 ming 329 so‘mgacha tabaqalashtirilgan. Jumladan, oliy ma’lumotli tarbiyachi bazaviy tarif stavkasi 2 million 341 ming 248 so‘m, birinchi toifali tarbiyachi bazaviy tarif stavkasi 2 million 507 ming 193 so‘mni tashkil etadi. Tarbiyachi yordamchisining lavozim maoshi xodim pedagogik ma'lumotga ega bo‘lganda 1 million 374 ming 624 so‘m, nopedagogik ma'lumotga ega bo‘lganda 1 million 145 ming 520 so‘mni tashkil etadi.

    Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida xodimlarning lavozim maoshlari respublika o‘rtacha ko‘rsatkichidan sezilarli darajada pastligini inobatga olib, vazirlik tomonidan xodimlarning lavozim maoshlarini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan. Unga ko‘ra, davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlaridagi o‘qituvchi, logoped, defektolog, metodist va tarbiyachilar lavozim maoshlarini umumta’lim maktabi o‘qituvchisi lavozim maoshiga bosqichma-bosqich tenglashtirish nazarda tutilgan.

    Mazkur taklif Moliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirliklar tomonidan ma’qullangan taqdirda Hukumatga tegishli hujjat loyihasi kiritiladi.

    Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash lozimki, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktori, pedagog xodimlari va tarbiyachi yordamchisi lavozim maoshlarini qayd etilgan miqdorlarda oshirish uchun davlat byudjetidan o‘rtacha 2,9 trillion so‘m mablag‘ talab etiladi.

    14.11.2022, 15:51   Izoh (0)   18520
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Xersonda talonchilar ushlanmoqda, Kiyevda Benksining strit-artlari paydo bo‘lmoqda. Urushning 263-kunidan fotoreportaj

    14.11.2022, 15:41

    Fotoreportaj: Istanbuldagi eng ommabop piyodalar ko‘chalaridan biri — Istiqlol portlashdan keyin

    14.11.2022, 14:51

    Turkiya portlash yuzasidan AQSH tomonidan bildirilgan hamdardlikni qabul qilishdan bosh tortdi

    14.11.2022, 14:50

    Rishi Sunak Rossiyaning jahon iqtisodiyotiga ta’sirini kamaytirish bo‘yicha 5 bandli reja taklif qildi

    14.11.2022, 14:29

    Vladimir Zelenskiy Xersonga tashrif buyurdi — Reuters

    14.11.2022, 14:25

    Ukrainada CNN va Sky News jurnalistlari Xersondan ruxsatsiz reportaj tayyorlagani uchun akkreditatsiyadan mahrum qilindi

    14.11.2022, 13:58
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Farg‘onada bojxona posti rahbari 5 ming dollar pora olayotganda ushlandi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 20:16

    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!

    Reklama | 15 avgust, 19:30

    Tramp joriy qilgan tariflar Yaponiya avtosanoatini inqiroz yoqasiga olib keldi

    Avto | 15 avgust, 20:10

    Xitoyda robotlar olimpiadasi boshlandi

    Dunyo | 15 avgust, 19:56

    Jag‘dagi husnbuzarlardan qanday qutulish mumkin? 9 ta oddiy qoida

    Go‘zallik | 15 avgust, 19:35

    “Maxsustrans 2022−2023-yillarda 45 mlrd so‘m zarar ko‘rgan” — Shavkat Umurzoqov

    O‘zbekiston | 15 avgust, 19:21

    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi

    Reklama | 15 avgust, 18:11

    O‘zbekistonlik talabalar bir vaqtda 2 mingta robot yasab Ginnes rekordini yangilamoqchi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 19:05

    O‘zbekistonda kunlik ish haqi to‘lash tartibi joriy etiladi

    O‘zbekiston | 15 avgust, 18:51

    Tramp va Putin Alyaskadagi sammit yakunida hech qanday hujjat imzolamaydi

    Dunyo | 15 avgust, 18:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.