Birlashgan Arab Amirliklari mamlakatga kirmoqchi bo‘lgan sayyohlar uchun talablarini o‘zgartirdi. Bu haqda Uzbekistan Airways xabar qildi.
Qayd etilishicha, mamlakat immigratsiya xizmatining talablariga ko’ra, joriy yilning 11-noyabrdan boshlab BAAga kirish uchun turistik yoki mehmon vizasi bo’lgan yo’lovchilar borish va qaytish aviachiptalariga ega bo’lishi kerak.
Avvalroq Uzbekistan Airways orqali yo‘lovchi tashish ko‘rsatkichlari o‘tgan yilga nisbatan 50 foizga oshgani, Uzbekistan Airways keksa yoshdagi yo‘lovchilar uchun chiptalarga 25 foiz chegirma e’lon qilgani, Toshkentdan Sharjaga aviaqatnovlar soni 3 baravarga ko‘paygani haqida xabar berilgan.
Izoh (0)