O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida 10-noyabr kuni Ukrainaning mamlakatdagi favqulodda va muxtor elchisi Nikolay Doroshenko bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Xabarga ko‘ra, elchiga Ukraina Mudofaa vazirligi vakilining amaldagi sanksiya cheklovlarini chetlab o‘tib, ikki maqsadli mahsulotlar yetkazib berilgani haqida OAVda tarqalgan asossiz bayonoti munosabati bilan jiddiy xavotir bildirildi. Ukraina tomonidan OAVda O‘zbekistonga oid noto‘g‘ri ma’lumotlar tarqatilishiga yo‘l qo‘yilmasligi ta’kidlandi.
Shu bilan birga, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Ukraina tomonining rasmiy so‘rovlari kelib tushgan taqdirda, ularni qiziqtirgan masalalarni o‘rganish va xolis ma’lumot berishga tayyor ekani ma’lum qilindi.
O‘z navbatida, elchi N.Doroshenko O‘zbekiston tomonining xavotirlari va uchrashuv natijalarini Ukraina Tashqi ishlar vazirligi rahbariyatiga zudlik bilan yetkazishini ishonch bilan bildirdi, — deyiladi xabarda.Ma’lumot uchun, Ukraina Mudofaa vazirligi razvedka boshqarmasi vakili O‘zbekistonni Rossiyaga sanksiyalarni chetlab o‘tishda yordam berishda ayblagan edi.
Izoh (0)