Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 11-noyabrda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 25,47 so‘mga ko‘tarilib, 11 194,86 so‘mni tashkil qildi. Yevro 69,57 so‘mga pastlab, 11 151,20 so‘m bo‘ldi. Rubl 0,42 so‘mga oshib, 183,15 so‘m bo‘ldi.
Bundan avval dollar kursi bir kunlik pastlashdan so‘ng yana ko‘tarilib, 11 169,39 so‘mni tashkil qilgandi. Yevro oshib, rubl pastlagandi.
Izoh (0)