Toshkent shahri Yashnobod tumanida 5-noyabr kuni mijoz 200 ming so‘m uchun operatorga hujum qildi, deb xabar bermoqda Tergov departamenti.
Qayd etilishicha, shu kuni soat 17:40 larda noma’lum shaxs o‘zganing mulkini talon-taroj qilish maqsadida Yashnobod tumani Botkina ko‘chasida joylashgan “Yandex Go” binosiga mijoz sifatida kirgan. “New Impluse” operatori N.E.ning (30 yoshli) sochidan ushlab, hayot va sog‘liq uchun xavfli bo‘lgan harakatlari bilan bo‘yin qismiga o‘tkir tig‘li jismni tirab, bor pullarini berishini talab qilgan. 200 ming so‘m atrofida pullarni olib, noma’lum tomonga ketib, hodisa bo‘lgan joyidan yashiringan.
Mazkur jinoyat ishi bo‘yicha Yashnobod tumani tergov bo‘limi tomonidan noma’lum shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksning 164-moddasi 2-qismi “a” bandi (bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida mazkur jinoyatni I.P. (46 yoshli) sodir etgani aniqlanib, u protsessual tartibida ushlangan.
Hozirda yuqoridagi shaxs nima sababdan bosqinchilikka qo‘l urgani aniqlanmoqda.
Izoh (0)