Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Chinoz tumanida profilaktika inspektori boshqa shaxsning avtomashinasini biror-bir hujjatsiz minib yurgani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot kotibi holatga munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, holat o‘rganilganda tarmoqda tarqalgan xabarda aytilganidek profilaktika inspektori ishtirok etmaganligi va keltirilgan xodim Mardonbek Boqiyev bo‘lib, u Chinoz tumani IIB navbatchilik qismida xizmat qilishi aniqlangan.
Boqiyev Cobalt avtomashinasini fuqaro J.A.dan o‘zaro kelishuv asosida 13 ming dollar evaziga sotib olgani ma’lum bo‘lgan.
“Hozirda shu va xabarda keltirilgan boshqa holatlar Chinoz tumani prokuraturasi tomonidan o‘rganilmoqda”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)