Prezidentning “O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishonini ta’sis etish to‘g‘risidagi farmoni qabul qilindi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Nishon bilan O‘zbekiston mustaqilligini mustahkamlash, uning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, ilmiy salohiyatini yuksaltirish, mudofaa qudratini oshirish, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish, inson huquqlari va erkinliklari, qadr-qimmati ulug‘lanadigan adolatli fuqarolik jamiyatini barpo etish va boshqalarga munosib hissa qo‘shib kelayotgan barcha soha vakillari, mehnat faxriylari, harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari hamda boshqa shaxslar taqdirlanadi.
Ushbu esdalik nishoni bilan O‘zbekiston fuqarosi bo‘lmagan shaxslar ham taqdirlanishi mumkin.
“O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni Konstitutsiya qabul qilingan kun munosabati bilan joylarda o‘tkaziladigan tadbirlarda tantanali vaziyatda topshiriladi.
Izoh (0)