“O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi qonunga qo‘shimcha kiritish haqidagi qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi. Unda katta hajmda to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiya kiritgan xorijiy sarmoyadorlarga O‘zbekiston fuqaroligini soddalashtirilgan tartibda berish nazarda tutilmoqda.
Hujjatga ko‘ra, chet davlati fuqarosi bo‘lgan yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs tomonidan O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalariga kamida 1 million dollar sarmoya kiritgan jismoniy shaxsga yoxud taniqli olim, sportchi, madaniyat va san’at arbobiga O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilishning soddalashtirilgan tartibini joriy etish taklif etilmoqda.
Amaldagi qonunga ko‘ra, O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilishning soddalashtirilgan tartibi chet davlat fuqarosi bo‘lgan yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs hisoblangan vatandoshga nisbatan quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
- O‘zbekistonda yashaydigan va O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan, nasl-nasab shajarasi bo‘yicha to‘g‘ri tutashgan loaqal bitta o‘zidan oldingi qarindoshga ega bo‘lsa;
- tirikchilikning qonuniy manbaiga ega bo‘lsa;
- O‘zbekiston Konstitutsiyasiga rioya etish majburiyatini o‘z zimmasiga olsa;
- davlat tilini qonunchilikda belgilangan tartibda muloqot qilish uchun zarur darajada bilsa.
Mavzuga doir: O‘zbekiston fuqaroligini olgan rossiyaliklar soni ma’lum qilindi
Izoh (0)