AQSH Kongressi Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi yana kongressvumen etib saylandi, deb xabar bermoqda Daily Mail.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, demokrat Pelosi Kaliforniyaning 11-saylovokrugida 82,2 foiz ovoz to‘plagan. Uning respublikachi raqibi Jon Dennis 17,8 foiz ovoz olgan.
Pelosi 1987-yildan beri Vakillar palatasi a’zosi, 2019-yil 3-yanvardan boshlab esa spiker bo‘lib kelmoqda.Nashrda qayd etilganidek, 82 yoshli Pelosi faoliyati davomida Demokratik partiyaning eng ko‘zga ko‘ringan a’zolaridan biriga aylandi. Spiker sifatida u Demokratlar palatasining kuchli va qattiqqo‘l rahbari sifatida obro‘ qozondi. Pelosi, shuningdek, respublikachilarning ashaddiy raqibi va buning natijasida Vashingtonda demokratlar pozitsiyasiga sodiq shaxs hisoblanadi.
Izoh (0)