Iordaniyaning Amman shahrida boks bo‘yicha Osiyo chempionatining beshinchi kungi bahslari bo‘lib o‘tdi.
-51 kg vazn toifasida Hasanboy Do‘stmatov butanlik Tenzin Dryungelga qarshi ringga chiqdi va 5:0 hisobida g‘alaba qozondi. Do‘stmatov chorak finalga yo‘l oldi.
[review]
Shuningdek, 5-noyabr kungi bahslarda -52 kg vaznli Feruza Kazakova mo‘g‘ulistonlik raqibasiga 2:3 hisobida yutqazib qo‘ydi. -54 kg vazn toifasida Nigina O‘ktamova Osiyo chempionatidagi ilk jangini tailandlik Jitpong Jutamasga qarshi o‘tkazdi va 1:4 hisobida imkoniyatni boy berdi.
-57 kg vazn toifasidagi Sitora Turdibekova chorak final jangini hindistonlik Pritiga qarshi o‘tkazdi va mag‘lubiyatga uchradi.
Izoh (0)