Iyul oyida jinsiy zo‘ravonlikda gumonlanib, hibsga olinga Premyer Liga futbolchisi JCH—2022da ishtirok etishi mumkin.
Turnir mezboni bo‘lgan Qatar rasmiylari ayblov qo‘yilmaguncha, futbolchining musobaqada ishtirok etishiga hech qanday cheklov qo‘ymaydi.
Futbolchining ismi hamon oshkor etilmagan. Eslatib o‘tamiz, APL o‘yinchisi 2022-yilning iyun oyida notanish ayolga hujum uyushtirgani uchun 5-iyul kuni Shimoliy Londonda, Barnet okrugida qo‘lga olingandi.
U jinsiy zo‘ravonlikning yana ikki turi bo‘yicha so‘roq qilingan. Bu holatlar 2021-yilning aprel va iyun oylarida bo‘lib o‘tgan.
Iyul oyining boshida futbolchi garov evaziga ozod etilgandi. Keyinchalik 20210yilning iyu oyidagi ishga aloqador emasligi aniqlangan.
Ismi noma’lum bo‘lgan futbolchi 14-noyabrga qadar o‘z mamlakati terma jamoasiga jalb etilishi kutilmoqda. O‘z vatanida uning atrofidagilar futbolchi muammolar girdobida qolganidan bexabarligi aytilmoqda.
Izoh (1)
Jisniy? Iltimos toʻgʻri yozinglar