Samarqand viloyati Samarqand shahrida 2-noyabr kuni yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar qildi.
Qayd etilishicha, shu kuni soat 17:11 da Samarqand shahri “Alisher Navoiy” MFY Shohruh ko‘chasida joylashgan omborxonada yong‘in yuzaga kelgani to‘g‘risida viloyat FVBga xabar kelib tushgan.
Hozirda FVB xodimlari tomonidan yong‘inni bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.
Hodisa oqibatida tan jarohati olish va halok bo‘lish holatlari qayd etilmagan.
Holat bo‘yicha qo‘shimcha axborot beriladi.
Izoh (0)