O‘zbekiston hududida 2-noyabr kuni Telegram messenjeridan foydalanishda uzilishlar kuzatilmoqda.
Telegram Qo‘llab-quvvatlash markazi vakilining ma’lum qilishicha, muammo Telegram tarafida emas. Biroq jamoa aloqani saqlab qolishga harakat qilmoqda.
Messenjer orqali mediaxabarlar, xususan, video va foto ma’lumotlar yuklash imkoniyati cheklangan. Ammo VPN’dan foydalanilganda bu muammo kuzatilmayapti.
Izoh (0)