Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanida tomidan chakki o‘tayotgan sinfxona borligi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Telegram’dagi Kapitan Karimov kanalida xabar berilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, ushbu sinfxona tumandagi 9-sonli ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari uchun berilgan binodagi sinfxonalarning eng yaxshisi hisoblanadi.Mazkur holatga aniqlik kiritish maqsadida “Daryo” nashri Qashqadaryo viloyat xalq ta’limi boshqarmasi mas’ullari bilan bog‘landi.
Boshqarma axborot xizmati rahbari Javohir Rustamovning “Daryo”ga bildirishicha, mazkur videodagi holat xalq ta’limi boshqarmasi mas’ullari, shuningdek, tuman xalq ta’limi bo‘limi va hokimlik nazoratiga olingan.
Shu holat ma’lum bo‘lgach, o‘quvchilar boshqa joyga ko‘chirilgan. Ammo bu yechim emas, to‘g‘ri. Holat ayni paytda tuman hokimligi va tuman xalq ta’limi bo‘limi, shuningdek, boshqarma boshlig‘i nazoratiga olingan bo‘lib, tez orada muammoga yechim qilinadi, — deydi viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i matbuot kotibi Javohir Rustamov.
Izoh (0)