• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12778.12
    • RUB164.01
    • EUR14931.23
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Issiqxonalar faoliyati bo‘yicha qarori qabul qilindi. Bu hujjat mavjud muammolarni bartaraf eta oladimi?

    Bir qancha vaqt muqaddam mamlakatda faoliyat ko‘rsatuvchi issiqxona xo‘jaliklari rahbarlari tabiiy gaz tarmog‘ining uzilishi bilan bog‘liq muammo tufayli Prezident administratsiyasi binosiga shikoyat bilan kelishgan va shaxsan davlat rahbarining aralashuvi bilan gaz qayta ulab berilgan edi. Shundan so‘ng sohadagi boshqa muammolar ham ko‘zga tashlandi va ushbu masalalarning yechimi o‘laroq “Issiqxona xo‘jaliklari faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.

    Qayd etish kerakki, joriy yilning 5—15-sentabr kunlari Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Bog‘dorchilik agentligi, Biznes-ombudsman va boshqa idoralar ishtirokida “shtab” tashkil qilinib, 200 dan ortiq issiqxona egalarining takliflari eshitildi.

    Oshayotgan narx

    Bugun O‘zbekistonda 3 142 ta (6 322 gektar) issiqxonalar mavjud. Shundan 4 300 gektari (68 foizi) yoki 1 622 tasi so‘nggi 5 yilda tashkil etilgan. Issiqxonalarning 51 foizi (2 466 ga) – tabiiy gaz, 26 foizi (1 353 ga) – ko‘mir, 23 foizi (1 326 ga) – bug‘ va muqobil manbalardan foydalanmoqda.

    Eksportdagi cheklovlar va transport logistikasidagi uzilishlar sababli dunyoda oziq-ovqat narxi 20 foizga o‘sgan. Natijada aksariyat issiqxonalar biznes-rejasida 1 tonna mahsulot tannarxi o‘rtacha 600 dollar deb hisob-kitob qilingan bo‘lsa, 2020-yilda tannarx 900 dollarni va 2021-yilda 1 200 dollarni tashkil etgan;

    Mahsulot tannarxida 40 foizni tashkil etadigan 1 000 m3 tabiiy gazning narxi O‘zbekistonda 90 dollar (limitdan ortiqcha iste’mol uchun 1,4 koeffitsiyent qo‘llanilganda o‘rtacha 110 dollar) bo‘lsa, ushbu ko‘rsatkich Turkmanistonda 6 dollar hamda Qozog‘istonda 76 dollardan oshmaydi.

    Qarzdorlik bo‘yicha qo‘yilayotgan “inkassa” to‘lov topshiriqnomalari sababli, zarar ko‘rib ishlayotgan issiqxonalar mahsulot yetishtirish va sotishni naqd pulda amalga oshirmoqda. Natijada naqd pulda QQS bilan xarid qilingan urug‘, o‘g‘it, kimyoviy vositalar va boshqalar mahsulot tannarxining oshishiga sabab bo‘lmoqda.

    To‘lanmayotgan qarzdorlik

    Bugungi kunda mamlakatimizdagi 40 foiz issiqxona kredit, soliq va elektr energiyasi to‘lovlari bo‘yicha qarzdor. Olingan 8 trln so‘mlik kreditlarning 554 mlrd so‘mining muddati o‘tgan. Bundan tashqari, tabiiy gazdan – 79 mlrd so‘m, soliq to‘lovlaridan – 32,7 mlrd so‘m, elektr energiyasidan – 4,8 mlrd so‘m qarzdorlik mavjud.

    Qarorda nimalar aks etgan?

    Yangi qaror bilan Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi issiqxonalarga urug‘, ko‘chat, mineral o‘g‘it va boshqa moddiy resurslarni yetkazib berishga ko‘maklashadi, agronom biriktiradi mahsulotni xarid qiladi hamda eksport qiladi. Karantin va o‘simliklar himoyasi agentligi bilan birgalikda o‘simliklar himoyasini bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatilishini ta’minlaydi.

    Issiqxona xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida issiqxona xo‘jaliklari va muzlatkichli omborxonalar uchun xalqaro moliya institutlari, davlat maqsadli jamg‘armalari hamda Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan ajratilgan kreditlarning qaytarish muddatlarini 7 yildan 14 yilga hamda imtiyozli davrini 3 yildan 5 yilga uzaytirish belgilanmoqda.

    Shuningdek, aylanma mablag‘ uchun tijorat banklari tomonidan bir yilga (6 oylik imtiyozli davr) kreditlar ajratiladi. Bunda mazkur kreditlar Bog‘dorchilik agentligiga ajratilgan budjet ssudasi hisobidan yillik 14 foiz stavkada taqdim etiladi.

    Issiqxona xo‘jaliklarida eksportbop mahsulot yetishtirishga Eksportni rag‘batlantirish agentligi hisobidan xorijiy valyutadagi bank kreditlari yillik 4 foiz (2 foiz bank marjasi) stavkada ajratiladi. Bunda, kredit ta’minoti sifatida “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi sug‘urta polisi qabul qilinadi va sug‘urta mukofotining 75 foizi Eksportni rag‘batlantirish agentligi mablag‘lari hisobidan qoplanadi.

    Ajratilgan kreditlarni qaytarish muddatlari issiqxonalarda hosil yig‘ib olish va sotish muddatlariga moslashtiriladi hamda ularni qaytarish grafiklari shu asosida tasdiqlanadi.

    Issiqxona xo‘jaliklariga tabiiy gaz bo‘yicha to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshirmaganlik uchun penya summasi joriy yilning oktabr oyidan 1 aprelgacha, istisno tariqasida, hisoblanmaydi (hozirda 27 mlrd so‘m penya hisoblangan).

    Qaror bilan sanoat tipidagi zamonaviy issiqxona va logistika markazlarini tashkil etish uchun yaxlit maydonlar yagona (hududda) “lot” bilan ochiq auksion savdolariga chiqarilishi belgilanmoqda (maydon hajmini hududdan kelib chiqib, viloyat hokimlari belgilaydi).

    Moliya, Energetika, Qishloq xo‘jaligi, Suv xo‘jaligi vazirliklari, viloyatlar hokimliklariga bir oy muddatda 2022—2023-yillarda issiqxonalar uchun suv va irrigatsiya tarmoqlarini tortish va elektr liniyalarini qurish dasturini tasdiqlash topshirilmoqda. Bunda 2022-yilda amalga oshirilayotgan loyihalarning manzilli ro‘yxati tasdiqlanmoqda, 2023-yil uchun ro‘yxatni Respublika ishchi guruhi shakllantiradi. Mablag‘lar kichik sanoat zonalari uchun nazarda tutilgan budjet mablag‘lari doirasida ajratiladi.

    Bundan tashqari, Investitsiyalar va tashqi savdo hamda Qishloq xo‘jaligi vazirliklari bir oy muddatda yirik eksport bozorlarida xususiy sektor ishtirokida meva-sabzavotlarni saqlash, saralash va qadoqlash imkoniyatiga ega bo‘lgan savdo majmualarini tashkil etish, 2022-yil yakuniga qadar Yaponiya, Koreya Respublikasi, Yevropa mamlakatlarida yangi eksport bozorlarini ochish yuzasidan taklif kiritish yuklatilmoqda.

    Shuningdek, Issiqxona xo‘jaliklari moliyaviy ahvolini sog‘lomlashtirish va rivojlantirish bo‘yicha Respublika ishchi guruhining tarkibi tasdiqlanmoqda.

    Unga viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda hududlardagi samarasiz issiqxona xo‘jaliklarini aniqlab, mazkur issiqxona xo‘jaliklarini yangi tashabbuskorlarga o‘tkazish hamda issiqxona xo‘jaliklari moliyaviy ahvolini sog‘lomlashtirish va rivojlantirish bo‘yicha takliflar kiritib borish yuklatilmoqda.

    02.11.2022, 22:37   Izoh (0)   10124
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Rossiya Samarqandda bosh konsulxonasini ochmoqchi

    02.11.2022, 22:10

    O‘zbekiston—Tojikiston chegarasidagi “Jartepa” posti yopiladi

    02.11.2022, 21:22

    O‘zbekistonda issiqxona xo‘jaliklariga moliyaviy yengilliklar beriladi

    02.11.2022, 21:21

    Foto: Toshkentda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ham moslashtirilgan bepul professional vorkout-hudud tashkil etildi

    02.11.2022, 21:06

    “Xavotirga o‘rin yo‘q”. AKT vazirligi Telegram bloklanmaganini ma’lum qildi

    02.11.2022, 20:45

    “Holat viloyat hokimi nazoratiga olingan”. Qashqadaryo hokimligi tomidan chakki o‘tgan maktab binosi haqidagi xabarga munosabat bildirdi

    02.11.2022, 20:43
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Trampning Moskva va Sankt-Peterburgga hujum qilishga undagani haqidagi xabarlar rad etildi

    Dunyo | 15 iyul, 23:35

    O‘qishni davlat oliygohlariga ko‘chirish uchun o‘tish ballari tasdiqlandi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 23:25

    Dunyoning eng keksa marafonchisi YTH oqibatida vafot etdi

    Dunyo | 15 iyul, 23:10

    Ukrainada ko‘p fuqarolik qonuniylashtirildi

    Dunyo | 15 iyul, 22:55

    Banklarda so‘mdagi kredit foizlari ko‘tarildi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 22:45

    AQSHda ofitser tanishuv ilovasi orqali Ukrainaga oid maxfiy ma’lumotlarni uzatgani aniqlandi

    Dunyo | 15 iyul, 22:35

    Safarda bolani nima bilan band qilish mumkin? Xotirjam sayohat qilish uchun 10 ta layfhak

    Farzand | 15 iyul, 22:23

    O‘zbekistonga eng ko‘p sayyohlar qaysi davlatlardan kelayotgani ochiqlandi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 22:11
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.