Samarqandda Rossiyaning konsulligi 2023-yilda ochilishi mumkin. Bu haqda Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi matbuot kotibi Dmitriy Danilov ma’lum qilgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hozir bu masala faol ishlab chiqilmoqda va Samarqand bu missiya uchun tasodifan tanlanmagan.
“Bu nafaqat mamlakatning ikkinchi yirik shahri, dunyodagi eng yirik sayyohlik markazi, balki yaqinda turli xalqaro forumlar uchun tadbirlar markazi hamdir”, — degan diplomatik missiya matbuot kotibi.
Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Yevgeniy Ivanov ham Rossiya Maldiv orollari, Indoneziyaning Bali orollari, shuningdek, Belarusning Grodno, Qozog‘istonning Aqtau va O‘zbekiston Samarqand shaharlarida bosh konsulliklarni ochishni rejalashtirayotganini bildirgan.
Izoh (0)