Iordaniyaning Amman shahrida boks bo‘yicha Osiyo chempionati davom etmoqda.
-54 kg vazn toifasida Shahzod Muzaffarov 2-noyabr kuni pokistonlik Zakir Husaynga qarshi ringga ko‘tarildi. Muzaffarov 5:0 hisobida zafar quchib, keyingi bosqichga yo‘l oldi.
2-noyabr kungi bahslarda Ruslan Abdullayev ham ishtirok etdi va qozog‘iztonlik Sanatali Toltayev ustidan g‘alaba qozondi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi musobaqaga 13 nafar bokschi bilan tashrif buyurgan.
Izoh (0)