“Oila va xotin-qizlar” ilmiy tadqiqot instituti direktori o‘rinbosari Hamid Abduraimov AOKAda o‘tkazilgan brifingda sotsiologik tadqiqot natijalarini e’lon qildi.
Qayd etilishicha, tahlillar joriy yilning 8-avgustdan 15-sentabrga qadar hududlarda: 15 ta shahar, 33 ta tuman va 204 ta mahallada o‘tkazilgan.
Tadqiqot natijalariga ko‘ra, O‘zbekistondagi ayollarning 47,3 foizi 4 nafar, 38,6 foizi 3 nafar farzandli bo‘lishni rejalashtirgan.
Har yettinchi xotin-qizlar (15,3 foiz) 2 nafar farzand bitta oila uchun yetarli degan fikrda. Bunday javob ko‘proq oliy ma’lumotli ayollarda qayd etilgan.
Xotin-qizlarning 64,4 foizi homiladorlikdan saqlanish to‘g‘risida yetarli darajada, 13,1 foizi qisman xabardor, 22,5 foizi umuman ma’lumotga ega emas.
Har o‘ninchi holatda (9,3 foiz) kuzatilgan istalmagan homiladorlik himoyalanish vositalari taqchilligi tufayli yuzaga kelgan.
Izoh (0)