Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayevning farmoni bilan Beybut Atamqulov Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlandi, deb xabar bermoqda “Zakon.kz”.
Bu ma’lumotni “Akorda.kz” sayti ham tasdiqlagan.
Atamqulov Beybut Bakirovich Qozog‘istonning O‘zbekiston Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlandi, — deyiladi unda.Ma’lumot uchun, Atamqulov 2022-yilning yanvarigacha Qozog‘iston sanoat va infratuzilmani rivojlantirish vaziri bo‘lgan.
Avvalroq AQSH Senati mamlakatning O‘zbekistondagi yangi elchisini e’lon qilgandi. 2019-yilning may oyidan beri elchilik qilib kelgan Daniel Rozenblyum o‘zining uch yillik missiyasini yakunlagan va uning o‘rnini Jonatan Henik egallagan.
Sobiq elchi Rozenblyum esa AQSHning Qozog‘istondagi elchisi sifatida faoliyatini davom ettirishi ma’lum qilingan.
Izoh (0)