Telegram messenjeridagi “Kompromatuzb” kanalida Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov Toshkent shahridagi hovlisini 750 ming dollarga sotgani xabar berilgandi. Viloyat hokimligi axborot xizmati “Daryo”ning bu haqdagi so‘roviga javob berib, xabarni inkor etdi.
Hokimlik axborot xizmati rahbari Murodbek Davlatovning “Daryo”ga axborot berishicha, Telegram messenjeridagi kanallarda tarqalgan xabar asossiz va haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.To‘ra Abdiyevich o‘zi haqida tarqalayotgan xabarlardan hayratda. Bugungi xabar ham hech qanday asosga ega emas. Boisi hokimning tug‘ilib o‘sgan qishlog‘i va Termiz shahridagina hovlisi bor, — deydi Murodbek Davlatov.Avvalroq To‘ra Bobolovning Toshkent shahridan 900 ming dollarga uy xarid qilgani haqida xabarlar tarqalgandi. O‘sha paytda bu axborot viloyat hokimligi axborot xizmati tomonidan rad qilingandi.
Izoh (0)