Daryo

Mirziyoyev va To‘qayev sammit doirasida uchrashuv o‘tkazdi (foto)

Tovar ayirboshlashni ko‘paytirish, sanoat, energetika, transport va boshqa investitsiya loyihalarini amalga oshirishga e’tibor qaratildi

1 daqiqa o‘qish25 530 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev “Markaziy Osiyo—Yevropa Ittifoqi” sammiti doirasida Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev bilan uchrashdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Uchrashuvda O‘zbekiston—Qozog‘iston yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi. Ikki tomonlama hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarida amaliy aloqalarni kengaytirish zarurligi qayd etildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Tovar ayirboshlashni ko‘paytirish, sanoat, energetika, transport va logistika, qishloq xo‘jaligi sohalarida, iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida investitsiya loyihalarini amalga oshirish istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik masalalar yuzasidan ham fikr almashildi. 11-noyabr kuni Samarqand shahrida o‘tkaziladigan Turkiy davlatlar tashkiloti sammitining kun tartibi muhokama qilindi.

Mavzuga doir: 
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar