Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilning yanvar–sentabr oylarida O‘zbekistonga qiymati 71,6 million dollarga teng bo‘lgan 1,7 million tonna sement import qilindi.
Sement importi hajmi 2021-yilning mos davri bilan solishtirilganda 416,4 ming tonnaga kamaygan. 2022-yilning 9 oyida oyida O‘zbekiston sement import qilgan asosiy davlatlar:
- Tojikiston – 736,3 ming tonna;
- Qirg‘iziston – 509,4 ming tonna;
- Qozog‘iston – 464 ming tonna;
- Eron – 13 ming tonna;
- Turkmaniston – 11,6 ming tonna;
- Xitoy – 1,4 ming tonna;
- Rossiya – 1 ming tonna.
Izoh (0)