• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Hal etilishiga hech kim ishonmay qo‘ygan muammolar bir necha yil davomida bartaraf etildi” — Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyodagi siyosiy muhit haqida

    Qozog‘istonning Ostona shahrida 27-oktabr kuni birinchi “Markaziy Osiyo—Yevropa Ittifoqi” sammiti bo‘lib o‘tishi va unda ishtirok etish uchun Shavkat Mirziyoyev qo‘shni mamlakatga yetib borgani haqida xabar berilgan edi. Prezident matbuot xizmati davlat rahbarining sammitda qilgan nutqini taqdim etdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Quyida davlat rahbarining nutqi to‘liq holda keltiriladi.

    Hurmatli hamkasblar! Hurmatli janob Mishel!

    “Markaziy Osiyo—Yevropa Ittifoqi” birinchi sammitining barcha ishtirokchilarini yana bir bor qutlayman. Tadbirni tashkil etgani uchun Qozog‘iston Respublikasi prezidenti, hurmatli Qosim-Jo‘mart Kemelevich To‘qayev nomiga bildirilgan minnatdorlik so‘zlariga qo‘shilaman.

    Biz mazkur formatga amaliy hamkorlikni ilgari surish, ishonch, sheriklik va o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlash uchun zarur bo‘lgan muhim muloqot maydoni sifatida qaraymiz. Uchrashuvlarimiz muntazamlik kasb etishini qo‘llab-quvvatlaymiz.

    Hurmatli sammit qatnashchilari!

    Pandemiya oqibatlari va zamonaviy tahdidlarga qaramasdan, biz Yangi O‘zbekistonda ortga qaytmas tus olgan islohotlar strategiyasini amalga oshirishda davom etmoqdamiz. Samarali faoliyat ko‘rsatadigan bozor mexanizmlariga, shuningdek, yuqori hayot darajasi va qulay turmush sharoitlariga ega kuchli huquqiy davlatni barpo etish bizning ustuvor vazifamiz hisoblanadi.

    Markaziy Osiyo aholisining yarmidan ko‘pi istiqomat qilayotgan O‘zbekistonda bugungi kunda faol demografik o‘sish kuzatilmoqda. Bu esa mamlakatimizning uzoq istiqboldagi barqaror rivojlanishi uchun mustahkam poydevor va qudratli resurs bo‘lib xizmat qiladi.

    Biz erishgan muvaffaqiyatlarimiz bilan cheklanmaymiz va yangi o‘zgarishlar ko‘lamini yanada kengaytirishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘yganmiz.

    Bu o‘rinda gap avvalo qonunning so‘zsiz ustuvorligi, fuqarolik jamiyati institutlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, inson huquqlari va gender tenglikni, so‘z va e’tiqod erkinligini ta’minlash haqida bormoqda.

    Biz iqtisodiy sohada bundan buyon ham tadbirkorlar uchun eng qulay sharoitlarni yaratish, korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashish, raqobat va innovatsion biznes muhitining rivojlanishini rag‘batlantirish yo‘lidan boramiz.

    Fursatdan foydalanib, muhtaram prezident Mishel, Sizga, barcha yevropalik do‘stlarimiz va hamkorlarimizga sa’y-harakatlarimizni doimiy qo‘llab-quvvatlab kelayotganingiz uchun samimiy minnatdorchilik bildirmoqchiman.

    Hurmatli delegatsiyalar rahbarlari!

    Mamlakatimizning uzoq muddatli va izchil taraqqiyoti butun Markaziy Osiyodagi barqarorlik va farovonlik bilan chambarchas bog‘liq ekanini biz yaxshi anglaymiz. Aynan shu bois O‘zbekiston yaxshi qo‘shnichilik va mintaqaviy sheriklik masalasini qat’iy ilgari surmoqda.

    Birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz natijasida Markaziy Osiyoda mutlaqo yangi siyosiy muhit vujudga keldi. Bir necha o‘n yillar mobaynida yig‘ilib qolgan, hal etilishiga hech kim ishonmay qo‘ygan ko‘plab muammolar bir necha yil davomida bartaraf etildi. Hamkasblarim qayd etib o‘tganlaridek, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining muntazam Maslahat uchrashuvlarining samarali mexanizmi yaratildi. Biz, avvalo, o‘zimiz uchun umummintaqa xavfsizligi va ravnaqi yo‘lida kelishuv sari qadam qo‘ya olishimizni isbotladik.

    Janob Mishel, Sizga bu o‘zgarishlarning tub mohiyatini tushunishingizda yordam beradigan bir nechta misollarni keltirib o‘tsam.

    Olti yil oldin bizning mintaqadagi alohida mamlakatlar bilan chegaralarimiz yopiq edi. O‘zaro savdo amalda rivojlanmay qolgan, biz iqtisodiy hamkorlarni mintaqa tashqarisidan qidirar edik. Barqaror kommunikatsiya, transport qatnovlari va faol gumanitar almashinuvlar yo‘q edi.

    Bugun vaziyat tubdan o‘zgardi. Biz vizasiz rejimni joriy qildik, barcha o‘tkazish punktlarini ochdik. Aviaparvozlar va quruqlik orqali tashuvlarni tikladik va ularning sonini ko‘paytirdik. O‘zbekiston va mintaqa mamlakatlari o‘rtasidagi tovar aylanmasi 10 barobar o‘sdi.

    “Erasmus+” va «Yevropa gorizonti» dasturlari doirasida quyidagilarni taklif etamiz: ta’lim bo‘yicha Yevropaning ilg‘or metodikalarini joriy etish loyihasini amalga oshirish; qo‘shma fundamental va amaliy tadqiqotlarni o‘tkazishni tashkil etish.

    Bundan tashqari, mamlakatlarimizda Yevropaning yetakchi oliy ta’lim muassasalari filiallari sonini oshirishdan manfaatdormiz. Misol uchun, bugungi kunda O‘zbekistonda Yevropa davlatlari universitetlarining 7 ta filiali samarali faoliyat yuritib kelmoqda. Biz birinchi mintaqaviy professional ta’lim loyihasini amalga oshirishda faol ishtirok etishga tayyormiz.

    Yevropalik hamkorlarni mintaqamiz xalqlarining noyob tarixiy merosi, boy madaniyati va an’analari bilan keng tanishtirish maqsadida biz noyabr oyining ikkinchi yarmida Parijning Luvr muzeyida yirik ko‘rgazma tashkil etishni rejalashtirganmiz. Bunday tadbirlarni har yili Yevropa davlatlarining poytaxtlarida va madaniyat markazlarida hamkorlikda o‘tkazib borish tarafdorimiz.

    Turizm sohasida yirik imkoniyatlar mavjud. Bugungi kunda Yevropa davlatlari jahon turizm tarmog‘ida mutlaqo yetakchi hisoblanadi. Ular tarixiy meros obyektlarini asrab-avaylash va rekonstruksiya qilish, zamonaviy infratuzilmani yaratish hamda sayyohlar oqimini boshqarish bo‘yicha juda katta tajribaga ega.

    Kelgusi yilda Xiva shahrida o‘tkaziladigan Yevropa Ittifoqi—Markaziy Osiyo birinchi turizm forumi doirasida Yevropaning yetakchi operatorlari e’tiboriga Umumiy mintaqaviy turizm mahsulotlari konsepsiyasini taqdim etishni taklif etamiz. Fikrimizcha, bunday tadbirlar Yevropa va bizning mintaqamiz xalqlari o‘rtasida bir-birini yaxshiroq tushunish va gumanitar aloqalarni mustahkamlashga zamin yaratadi.

    Hurmatli hamkasblar!

    Mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash muhim yo‘nalish hisoblanadi. Biz Yevropa Ittifoqining terrorizm, radikalizm va ekstremizm, uyushgan jinoyatchilik, narkotrafik va boshqa umumiy xavf-xatarlarga qarshi kurashish bo‘yicha qo‘shma dasturlar doirasidagi amaliy ko‘magini qadrlaymiz.

    Xalqaro amaliyotdan kelib chiqib, axborot almashish va zamonaviy tahdidlarga birgalikda qarshi kurashish uchun bizning maxsus xizmatlarimiz va huquqni muhofaza qiluvchi organlarimiz o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni taklif qilamiz. Bundan tashqari, Afg‘oniston masalasida bizning nuqtayi nazarimizni qo‘llab-quvvatlagani uchun yevropalik hamkorlarimizga minnatdorchilik bildiramiz.

    Biz janob Mishel bilan ushbu muammoni bir necha bor ochiq muhokama qildik. Bizning bu boradagi xavotir va tashvishlarimiz o‘xshashdir. Biz afg‘on xalqiga doimiy ravishda gumanitar yordam ko‘rsatib kelayapmiz. Hatto eng murakkab davrda ham elektr energiyasi, neft va oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berishni to‘xtatganimiz yo‘q. Afg‘onistonga mamlakatimiz orqali o‘tadigan tranzit yuklari uzluksiz amalga oshirildi.

    Bizni qish kelishi bilan Afg‘onistondagi gumanitar vaziyatning keskinlashuvi qattiq bezovta qilmoqda. Gap u yerda yashayotgan, ijtimoiy kafolatlardan mahrum bo‘lgan millionlab odamlarning og‘ir ahvoli haqida bormoqda. Ushbu kompleks muammoni mamlakatning amaldagi hokimiyati ham, qo‘shni davlatlar ham mustaqil ravishda hal qila olmaydi.

    Bu yerda butun xalqaro hamjamiyatning muvofiqlashtirilgan harakati va haqiqiy ko‘magi zarur. Biz, shuningdek, Termiz chegara shahrimizdagi logistika va ta’lim xablarining salohiyatidan foydalanishda yevropalik sheriklarimiz bilan samarali hamkorlikni davom ettirishga tayyormiz.

    Hurmatli delegatsiyalar rahbarlari!

    Ta’kidlab o‘tilganidek, Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha yangilangan strategiyasi qabul qilingan vaqtdan buyon uch yil o‘tdi. Afsuski, pandemiya sababli ko‘pgina tadbirlar va masalalar to‘liq amalga oshirilmay qoldi. Bundan tashqari, global va mintaqaviy vaziyat tubdan o‘zgarib, bugungi kunda Markaziy Osiyodagi integratsiyalashuv jarayonining yevropalik hamkorlar tomonidan faol qo‘llab-quvvatlanishini talab qilmoqda.

    Shu munosabat bilan biz strategiyaning bajarilishini jadallashtirish va hamkorlik aloqalarimizni mustahkamlash maqsadida ko‘p tomonlama dasturiy hujjat – “Yo‘l xaritasi”ni qabul qilish imkoniyatini ko‘rib chiqishni taklif qilamiz.

    Aminmanki, ushbu barcha masalalar kelgusi oyda Samarqandda bo‘lib o‘tadigan hamkorlikdagi O‘zaro bog‘liqlik bo‘yicha vazirlar anjumani davomida batafsil ko‘rib chiqiladi. So‘zimning yakunida mamlakatlarimiz barqaror taraqqiyoti, ravnaq va farovonligi yo‘lida “Markaziy Osiyo—Yevropa Ittifoqi” formatidagi ochiq, tizimli va sermahsul muloqot tarafdori ekanligimizni yana bir bor ta’kidlab o‘tmoqchiman.

    E’tiboringiz uchun rahmat.

    Ma’lumot uchun, sammit kun tartibidan mintaqa mamlakatlari va Yevroittifoq o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytirish masalalari o‘rin olgan. Shu kun kechasi Yevropa kengashi prezidenti Sharl Mishel O‘zbekistonga kelishi kutilmoqda.

    28-oktabr kuni O‘zbekiston va YI o‘rtasida oliy darajadagi muzokaralar bo‘lib o‘tadi. Mamlakatning Yevropa Ittifoqi bilan ikki va ko‘p tomonlama hamkorligiga oid masalalarning keng doirasi ko‘rib chiqiladi.

    Mavzuga doir: 

    • “Yashil” taraqqiyot, ta’lim, Afg‘onistonga ko‘mak: Shavkat Mirziyoyev Ostona sammitida qator takliflarni ilgari surdi
    • Shavkat Mirziyoyev bosh vazir o‘rinbosarlari darajasida “Yevropa Ittifoqi—Markaziy Osiyo” iqtisodiy hamkorlik qo‘mitasini ta’sis etishni taklif qildi

    27.10.2022, 19:38   Izoh (0)   7898
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda aholi eng ko‘p qaysi kasalliklardan vafot etayotgani ma’lum qilindi

    27.10.2022, 18:59

    “Norasmiy daromadga ega aholiga ham ipoteka krediti berish ustida ishlayapmiz” – Markaziy bank raisi

    27.10.2022, 18:43

    Farg‘onada qarzdorlik evaziga bank foydasiga Nexia-3 xatlandi

    27.10.2022, 18:33

    Buxoroda zaxiradagi yer maydonini 8,5 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

    27.10.2022, 18:21

    Toshkentda muqaddam sudlangan 4 nafar shaxs dorixonada talonchilik qildi

    27.10.2022, 18:07

    O‘zbekistonda endi dori narxlari xarid cheki orqali avtomatik tekshiriladi

    27.10.2022, 17:57
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Anchelotti “Real” boshqaruvini qachon tark etishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 9 may, 23:38

    Superliga. “Dinamo” “Surxon”ni mag‘lub etib, turnir jadvalida kuchli uchlikka kirib oldi

    Sport | 9 may, 22:35

    AQSH byudjeti taqchilligi yil boshidan beri 196 mlrd dollarga ko‘paydi

    Dunyo | 9 may, 22:05

    Fransiyada ikki general hokimiyatni tanqid qilgani uchun ishdan olindi

    Dunyo | 9 may, 21:35

    “Liverpul” “Real”ning qaroridan norozi bo‘ldi

    Sport | 9 may, 21:12

    NATO Kiyevga tinchlik shartnomasining bir qismi sifatida a’zolikni va’da qilmaganini bildirdi

    Dunyo | 9 may, 20:35

    Superliga. Vodiy derbisida “Neftchi” ustun keldi

    Sport | 9 may, 20:21
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.