Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Yer yuzidagi epidemiologik vaziyat bo‘yicha navbatdagi hisobotini e’lon qildi. Unga ko‘ra, dunyoda koronavirusdan o‘lim ko‘rsatkichlari 13 foizga kamaydi.
Qayd etilishicha, o‘tgan haftada dunyo bo‘yicha qariyb 2,7 million kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Bu — 10-16-oktabr sanalariga nisbatan 15 foiz kam ko‘rsatkich. Shuningdek, kasallik oqibatida 8,5 mingdan ortiq kishi hayotdan ko‘z yumdi va o‘lim holatlar statistikasida 13 foiz pasayish qayd etildi.
Xususan, kasallanishlar sonining sezilarli kamayishi Afrika (-41 foiz) va Yevropa (-23 foiz) mintaqasi mamlakatlarida kuzatildi. Janubiy va Shimoliy Amerika qit’alarida esa 2 foiz o‘sish aniqlandi.
O‘lim holatlari ham Afrika (-72 foiz), Yevropa (-24 foiz) va Janubi-Sharqiy Osiyo (-13 foiz) davlatlarida kamaydi. O‘tgan haftada eng ko‘p bemorlar ro‘yxatga olingan mamlakatlar:
- Germaniya — 498 787 nafar;
- Fransiya — 307 610 nafar;
- Xitoy — 285 348 nafar;
- AQSH — 255 116 nafar;
- Italiya —252 777 nafar.
- AQSH — 2538 nafar;
- Rossiya — 636 nafar;
- Italiya — 586 nafar;
- Fransiya — 484 nafar;
- Xitoy — 469 nafar.
Izoh (0)