Daryo

Shavkat Mirziyoyev bosh vazir o‘rinbosarlari darajasida “Yevropa Ittifoqi—Markaziy Osiyo” iqtisodiy hamkorlik qo‘mitasini ta’sis etishni taklif qildi

Prezident bu taklifni Ostonada bo‘lib o‘tayotgan sammitda bildirdi

1 daqiqa o‘qish14 104 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Prezident matbuot xizmati

Ostona shahrida birinchi “Markaziy Osiyo—Yevropa Ittifoqi” sammiti bo‘lib o‘tmoqda. Unda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Yevropa kengashi prezidentlari hamda Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisi o‘rinbosari ishtirok etmoqda.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev o‘z nutqida O‘zbekiston mazkur formatga amaliy hamkorlikni ilgari surish, ishonch, sheriklik va o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlash uchun zarur bo‘lgan muhim muloqot maydoni sifatida qarashini ta’kidladi.

Davlat rahbari mintaqa va Yevropa Ittifoqi hamkorligining savdo-iqtisodiy yo‘nalishiga to‘xtalib, mamlakatlar “GSP+” imtiyozli savdo tizimiga qo‘shilganidan so‘ng 2022-yilning boshidan buyon yuqori qo‘shilgan qiymatli o‘zbek mahsulotlarining eksporti qariyb ikki barobar oshganini qayd etdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Biroq umumiy raqamlar mavjud ulkan imkoniyatlarga mos emasligi ta’kidlanib, Yevropa bozorlarida tayyor, xomashyo bo‘lmagan tovarlar nomenklaturasi bilan munosib raqobat qilish uchun:
  • sanoat mahsulotlarining Yevropaning yuqori standartlari va texnik reglamentlariga muvofiqligini ta’minlash;
  • YeI bozorlariga chiqish uchun eng maqbul samarali transport-logistika koridorlarini yaratish, eng avvalo, Transkaspiy multimodal marshrutini rivojlantirish;
  • yevropalik iste’molchilar o‘rtasida Markaziy Osiyo mamlakatlari mahsulotlarining tanilishi va xaridorgir bo‘lishi uchun qo‘shma marketing tadqiqotlari hamda maqsadli tadbir va aksiyalar o‘tkazish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.
Ushbu masalalarni tizimli ravishda hal qilish uchun prezident bosh vazir o‘rinbosarlari darajasida “Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo” Iqtisodiy hamkorlik qo‘mitasini ta’sis etishni taklif qildi. Ushbu tuzilma faoliyati doirasida “Global darvoza” tashabbusining maqsad va vazifalarini qamrab olgan holda, savdo-iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirish va o‘zaro transport-kommunikatsiya bog‘liqlikni rivojlantirish bo‘yicha uzoq muddatli strategik dasturni ishlab chiqish maqsadga muvofiqligi ta’kidlandi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Yevropa investitsiya bankining mintaqaviy ofisini ochish uchun eng qulay shart-sharoitlarni yaratishga tayyorligi bildirildi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar