Daryo

Shavkat Mirziyoyev Yevropa kengashi prezidenti bilan muzokaralar o‘tkazadi

Mamlakatning Yevropa Ittifoqi bilan ikki va ko‘p tomonlama hamkorligiga oid masalalarning keng doirasi ko‘rib chiqiladi

1 daqiqa o‘qish15 484 ko‘rishlar0 izoh0

Shavkat Mirziyoyev “Markaziy Osiyo—Yevropa Ittifoqi” sammitida nutq so‘zlaydi va Toshkentda Yevropa kengashi prezidentini qabul qiladi.

Prezident matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Mirziyoyev davlat rahbarlarining “Markaziy Osiyo—Yevropa Ittifoqi” formatidagi birinchi majlisida ishtirok etish uchun 27-oktabr kuni amaliy tashrif bilan Ostona shahrida bo‘ladi.

Tadbirda Yevropa kengashi prezidenti Sharl Mishel va mintaqa mamlakatlarining yetakchilari ishtirok etishi ko‘zda tutilgan. Sammit kun tartibiga muvofiq, siyosiy muloqotni rivojlantirish, hududlararo hamkorlikni kengaytirish, savdo-iqtisodiy sheriklik va madaniy-gumanitar almashinuvlarni faollashtirish istiqbollari muhokama qilinadi.

Shu kun kechasi Yevropa kengashi prezidenti Sharl Mishel O‘zbekistonga kelishi kutilmoqda.

28-oktabr kuni O‘zbekiston va YI o‘rtasida oliy darajadagi muzokaralar bo‘lib o‘tadi. Mamlakatning Yevropa Ittifoqi bilan ikki va ko‘p tomonlama hamkorligiga oid masalalarning keng doirasi ko‘rib chiqiladi.

Oliy martabali mehmon yurtimizga tashrifi chog‘ida Samarqand shahriga tashrif buyuradi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar