Daryo

Yevropa kengashi rahbari O‘zbekistonga tashrif buyuradi

Sharl Mishel 28-oktabrda O‘zbekistonga kelib, Shavkat Mirziyoyev bilan muzokaralar o‘tkazadi

1 daqiqa o‘qish52 438 ko‘rishlar0 izoh0

Yevropa kengashi rahbari Sharl Mishel O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Bu haqda u Twitter’dagi sahifasida ma’lum qildi.

Uning yozishicha, Qozog‘iston prezidenti taklifiga binoan Ostonaga tashrif buyurib, 26—27-oktabr kunlari Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari uchrashuvida ishtirok etadi. 28-oktabrda esa O‘zbekistonga kelib, Shavkat Mirziyoyev bilan muzokaralar o‘tkazadi.

“Yevropa kengashi Markaziy Osiyo bilan aloqalarni chuqurlashtirishga va mintaqaviy hamkorlikni qo‘llab-quvvatlashga tayyor”, — deb ta’kidlagan Sharl Mishel.

Sharl Mishel Shavkat Mirziyoyev bilan so‘nggi marta 4-iyul kuni telefon orqali muloqot qilgandi. Suhbat davomida O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi ko‘p qirrali va o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqilgan.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar