Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilning 1-oktabr holatiga O‘zbekistonda qayd etilgan o‘lim holatining 56,8 foizi qon aylanish tizimi kasalliklariga to‘g‘ri keldi.
2022-yilning 9 oyida qayd etilgan o‘lim holatlarining kasalliklar bo‘yicha soni:
- qon aylanish tizimi kasalliklari – 74 109 ta;
- nafas olish a’zolari kasalliklari – 12 805 ta;
- o‘simtalardan – 10 535 ta;
- baxtsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlardan – 7260 ta;
- ovqat hazm qilish a’zolari kasalliklari – 5264 ta;
- yuqumli va parazit kasalliklari – 1976 ta;
- boshqa kasalliklardan – 18 417 ta.
Izoh (0)