Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida bo‘lib o‘tayotgan sammit doirasida qator takliflarni ilgari surdi. Bu haqda prezident matbuot kotibi xabar berdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Xususan, davlat rahbari Yevropa Ittifoqini “yashil” taraqqiyot sohasidagi hamkorlikni faollashtirishga, bunda alohida e’tiborni ekoinnovatsiyalar, energiya samarador va resurs tejamkor texnologiyalarni keng joriy etish, iqtisodiyot tarmoqlarini raqamlashtirish, “Smart-AKIS” Yevropa tarmog‘i yordamida “aqlli” qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga qaratishga chaqirdi.

Erasmus+ va “Yevropa gorizonti” dasturlari doirasida ta’lim bo‘yicha Yevropaning ilg‘or metodikalarini joriy etish loyihasini amalga oshirish, qo‘shma fundamental va amaliy tadqiqotlarni o‘tkazish taklif qilindi.

Noyabr oyining ikkinchi yarmida Parijning Luvr muzeyida mintaqa xalqlarining madaniyatiga bag‘ishlangan yirik ko‘rgazma tashkil etish rejalashtirilgan. Bunday tadbirlarni har yili Yevropa davlatlarining poytaxtlarida va madaniyat markazlarida hamkorlikda o‘tkazib borish tashabbusi ilgari surildi.

Mirziyoyev mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash borasidagi amaliy hamkorlikni kuchaytirish muhimligini ta’kidladi. Afg‘onistonga ko‘maklashish masalasida butun xalqaro hamjamiyatning muvofiqlashtirilgan harakati va haqiqiy ko‘magi zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha yangilangan strategiyasi qabul qilingan vaqtdan buyon uch yil o‘tdi. Pandemiya sababli ko‘pgina tadbirlar va masalalar to‘liq amalga oshirilmay qolgani ta’kidlandi. Shu munosabat bilan prezident strategiyaning bajarilishini jadallashtirish va hamkorlikni mustahkamlash maqsadida ko‘p tomonlama dasturiy hujjat – “Yo‘l xaritasi”ni qabul qilish imkoniyatini ko‘rib chiqishni taklif qildi.

So‘zining yakunida O‘zbekiston yetakchisi mamlakatlar barqaror taraqqiyoti, ravnaq va farovonligi yo‘lida “Markaziy Osiyo—Yevropa Ittifoqi” formatidagi ochiq, tizimli va sermahsul muloqot tarafdori ekanini ta’kidladi.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev bosh vazir o‘rinbosarlari darajasida “Yevropa Ittifoqi—Markaziy Osiyo” iqtisodiy hamkorlik qo‘mitasini ta’sis etishni taklif qildi

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Ukraina 2 ta aerodromga dronlar bilan zarba berishga urindi — Rossiya Mudofaa vazirligi
Mahalliy
O‘zbekistonda noyabr oyida qancha chaqaloq tug‘ilgani ma’lum bo‘ldi
Mahalliy
“Mehnati ko‘p bo‘lsa-da, maoshi kam, olgan puli halol bo‘lsin”. Jamoatchilik elektr montyorlarni olqishlamoqda