Daryo

Shavkat Mirziyoyev Ostonaga yetib bordi (foto)

Aeroportda davlat rahbarini Qozog‘iston bosh vaziri Alixan Smailov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi

1 daqiqa o‘qish25 834 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Prezident matbuot xizmati

Amaliy tashrif bilan Qozog‘istonga jo‘nab ketgan Shavkat Mirziyoyev Ostonaga yetib bordi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident matbuot xizmatining xabar qilishicha aeroportda davlat rahbarini Qozog‘iston bosh vaziri Alixan Smailov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati

27-oktabr kuni Ostonada birinchi “Markaziy Osiyo—Yevropa Ittifoqi” sammiti bo‘lib o‘tadi. Uning kun tartibidan mintaqa mamlakatlari va Yevroittifoq o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytirish masalalari o‘rin olgan.

Shu kun kechasi Yevropa kengashi prezidenti Sharl Mishel O‘zbekistonga kelishi kutilmoqda.

28-oktabr kuni O‘zbekiston va YI o‘rtasida oliy darajadagi muzokaralar bo‘lib o‘tadi. Mamlakatning Yevropa Ittifoqi bilan ikki va ko‘p tomonlama hamkorligiga oid masalalarning keng doirasi ko‘rib chiqiladi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar