O‘ta yengil vazn toifasida UFC sobiq chempioni Pyotr Yan (16-4) promoushendagi faoliyatini tugatishi mumkin.
Rossiyalik yakkakurashchi UFC 280 musobaqasida hakamlarning bahsli qarori bilan Shon O‘Melliga (16-1) yutqazib qo‘ydi. Yan hakamlarning bu qaroridan norozi bo‘lgan va promoushen tomonidan ham qo‘llab-quvvatlashni sezyapti.
Sobiq chempion Daniel Kormye Pyotr UFC’ni tark etish haqida o‘ylayotganini ma’lum qildi.
Yan hakamlar qaroridan shu qadar hayratga tushganki, eshitishimcha, u boshqa ligalar taklifini ko‘rib chiqishi mumkin. Chunki UFC tomonidan hech qanday qo‘llab-quvvatlash his qilmayapti. Bu bema’nilik, — deydi Kormye.
Pyotr Yan 2021-yilning mart oyida Aljameyn Sterlingga qarshi himoya jangida taqiqlangan zarba uchun diskvalifikatsiyaga uchragandi. Keyinchalik Kori Sendhagenga qarshi jangda yutib, divizionning vaqtichalik chempioniga aylandi. 2022-yilning aprelida esa Sterlingga qarshi revansh jangida oktagonga ko‘tarilib, ochkolar hisobiga yutqazib qo‘ydi.
Izoh (0)