Buyuk Britaniyaning yangi bosh vaziri Rishi Sunak va AQSH prezidenti Jo Bayden telefon orqali suhbat chog‘ida Xitoyga qarshi harakat va Ukrainaga yordam berish masalalarini muhokama qildi.
“Rahbarlar Buyuk Britaniya va AQSH o‘rtasidagi hamkorlik ko‘lamini muhokama qildi, xususan, Hind—Tinch okeani mintaqasida barqarorlik o‘rnatish va Xitoyning zararli ta’siriga qarshi turishga yordam beradigan AUKUS pakti haqida so‘z yuritildi”, — deyiladi Britaniya bosh vaziri idorasining bayonotida.
Qayd etilishicha, Sunak va Bayden “Ukraina xalqini qo‘llab-quvvatlashda o‘z mamlakatlarining yetakchi roli haqida ham gaplashgan”.
“Yetakchilar Indoneziyada bo‘lib o‘tadigan G20 sammitida shaxsan uchrashishni sabrsizlik bilan kutmoqda”, — deyiladi xabarda.
G20 sammiti noyabr oyi o‘rtalarida Indoneziyada bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, 25-oktabr kuni Rishi Sunak Buyuk Britaniyaning yangi bosh vaziri bo‘ldi.
Izoh (0)