2022-yil sentabr oyida Toshkentdagi uy-joy ijara narxlari tahlil qilindi. Bu haqda “Daryo”ga Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi xabar bermoqda.
Toshkent shahrida 1 kvadrat metr uchun o‘rtacha ijara narxi yil boshidan buyon 22,4 foizga oshdi.
Uy-joy ijarasi narxlarining eng yuqori o‘sish sur’atlari Olmazor — 49 foiz, Yashnobod — 44 foiz, Sergeli — 34 foiz va Shayxontohur tumanlarida — 33 foiz qayd etildi.
1 kvadrat metr uchun ijara haqining yuqori qiymati Shayxontohur (12,5 dollar), Mirobod (10,8 dollar) va Yakkasaroy (10,8 dollar) tumanlarida qayd etildi. Nisbatan arzon ijara narxlari Sergeli (6,7 dollar) va Bektemir (4,6 dollar) tumanlarida kuzatildi.
Avvalroq joriy yilning iyul—sentabr oylarida O‘zbekistondagi turar joylar uchun ijara narxlari tahlil qilingani haqida xabar berilgandi.
Avgust—sentabr oylarida turar joylar uchun ijara narxlarida o‘sish kuzatildi. Iyul oyida mamlakat bo‘yicha ijara narxlari vaqtinchalik pasayib (mehnat ta’tili davri va o‘quv yilining yakunlanishi), so‘m birligida 2,5 foizga kamaydi (dollar ekvivalentda 2,2 foiz).
Keyingi ikki oy ichida 17 foizlik sezilarli o‘sish kuzatildi. Bu mos ravishda avgustda 8,6 foiz va sentabrda 7,7 foizni tashkil etdi.
Toshkent shahar, Samarqand, Farg‘ona va Toshkent viloyatlarida 1 kvadrat metr uchun ijara haqi sezilarli darajada oshgan. Hozirgi vaqtda aholi tomonidan sezilayotgan ijara haqining oshishi inflyatsion kutilmalarda o‘z aksini topmoqda.
Izoh (0)