O‘zbekistonda keskin o‘sishdan so‘ng, sentabr oyida ko‘chmas mulk bozoridagi sotuvlar biroz pasaydi. Bu haqda “Daryo”ga Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi xabar bermoqda.
Ekspertlar sotuvlar pasayishining asosiy sababini o‘quv yilining boshlanishi va chet el fuqarolarining sezilarli oqimi tufayli uy-joy ijarasiga talabning oshishi bilan izohladi.
2022-yil sentabr oyida O‘zbekistonda ro‘yxatga olingan ko‘chmas mulk oldi-sotdi shartnomalari soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 19 foizga (+3,7 ming) oshdi.
Umuman, yil boshidan beri, uy-joy savdosining o‘sishi 9,7 foizni (195,7 mingta) tashkil etdi.
Eng yuqori o‘sish sur’atlari Qoraqalpog‘istonda — 50 foiz, Sirdaryoda — 42 foiz, Jizzaxda — 39 foiz va Namangan viloyatlarida — 50 foiz qayd etildi.
Ko‘chmas mulk oldi-sotdisi bo‘yicha rasmiylashtirilgan shartnomalar soni o‘zgarishi:
Shu bilan birga, joriy yilning avgust oyiga nisbatan ko‘chmas mulk savdosining biroz pasayishi kuzatildi.
Avvalroq sentabr oyida yangi uylar narxi qanday o‘zgargani haqida xabar berilgandi.
Yangi turar joylar narxi iyul oyida 2,8 foizga, avgustda 0,1 foizga, sentabrda esa 2,5 foizga o‘sdi.
Sentabr oyida Farg‘ona vodiysi, Toshkent, Sirdaryo va Navoiy viloyatlarida narxlar oshdi. Jizzax, Buxoro va Xorazm viloyatlarida esa narxlarning biroz pasayishi kuzatildi.
Izoh (0)