Argentinalik jurnalist Pablo Giralt “PSJ” hujumchisi Lionel Messi bilan xayrlashayotgan vaqtda yig‘lab yubordi.
“Unga o‘z hikoyamni aytib berish, uning faoliyatiga bo‘lgan mehrimni izhor qilish nasib etishi haqida o‘ylamagan, biroq bu haqida har doim orzu qilgan bolaman”, — deydi Giralt.
Argentinalik futbolchi esa jurnalistga taskin beradi.
Leo Messi Fransiya chempionatining 2022/23-yilgi mavsumida 11 ta o‘yinda ishtirok etib, 6 ta gol va 9 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Izoh (0)