“Barselona” yarim himoyachisi Gavi Golden Boy—2022 sovriniga ega chiqdi.
18 yoshli futbolchiga sovrin 7-noyabr kuni Turinda topshiriladi.
Ushbu sovrin har yili Tuttosport nashri tomonidan Yevropaning 21 yoshdan katta bo‘lmagan eng yaxshi futbolchisiga beriladi.
Avvalroq Gavi France Football tomonidan yilning eng yaxshi yosh o‘yinchisiga beriladigan Kopa sovringa ega chiqqandi.
Gavidan boshqa quyidagi futbochilar ushbu sovringa da’vogar bo‘lgandi:
Karim Adeyemi, Jud Bellinghem (ikkalasi ham “Borussiya D”), Eduardo Kamavinga (“Real”), Pedri, Ansu Fati (ikkisi “Barselona”), Antoniu Silva (“Benfika”), Fabiu Karvalyu (“Liverpul”), Uilfred Nyonto (“Lids”), Yoshko Gvardiol (Leypsig), Jamal Musiala, Matis Tel, Rayan Gravenberx (barchasi “Bavariya”), Fabio Miretti (“Yuventus”), Niko Gonsales (“Valensiya”), Nunu Mundesh (“PSJ”), Jorjio Skalvini (“Atalanta”), Nikola Zalevskiy (“Roma”), Benyamen Sheshko (“Zalsburg”) va Iyenoma Destini Udogie (Udineze). Eslatib o‘tamiz, 2021-yilgi Golden Boy sovrinini “Barselona” yarim himoyachisi Pedri qo‘lga kiritgandi. 2020-yilda “Borussiya D” hujumchisi Erling Holand ushbu nomga loyiq ko‘rilgan.
Izoh (0)