FIFA Eron terma jamoasini Jahon Chempionatidan chetlatish bo‘yicha talabnoma oldi.
Eronlik bir guruh futbolchilar va boshqa sport turlari vakillari Eron terma jamaosini mundialdan chetlatish talabi bilan bayonot berdi.
Eronning o‘z xalqiga nisbatan shafqatsizligi muhim bir nuqtaga yetdi, bu esa uni futbol va sport olamidan aniq va qat’iy ravishda ajratishni talab qiladi.Qatarda bo‘lib o‘tadigan JCH—2022 20-noyabrdan 18-dekabrga qadar davom etadi. Eron terma jamoasi Angliya, AQSH va Uels bilan bir guruhdan joy olgan.Eronda ayollarning pozitsiyasi keng siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy nuqtayi nazardan yoqimsiz vaziyatda turibdi. Afsuski, futbolda ham xuddi shunday illat va noto‘g‘ri tushunchalar uchrab turadi, bu esa hamma uchun xavfsiz deyiladigan futbol ayollar va hatto erkaklar uchun ham xavfsiz joy emasligini anglatadi.
Butun mamlakat bo‘ylab ayollar doimiy ravishda stadionlarga kirishdan mahrum bo‘ladi va Eron futbol ekotizimidan muntazam chiqarib tashlanadi, bu esa FIFA qadriyatlari va nizomlariga zid. Agar ayollar stadionlarga kiritilmasa va Eron futbol federatsiyasi hukumat ko‘rsatmalariga amal qiladigan bo‘lsa, uni mustaqil va har qanday ta’sirdan xoli tashkilot sifatida ko‘rib bo‘lmaydi.
FIFA bir tomonni tanlashi lozim. Eron futbol federatsiyasi betaraf bo‘lmay turib, zulmni kuchaytirish va ayollarni sport ekotizimidan tizimli ravishda chiqarish tashlash uchun safarbar etilganganini hisobga olsak, FIFA betaraf turishi mumkin emas.
FIFA kengashi zudlik bilan Eronni chetlatishi kerak.
Eronlik sportchilar bayonoti
Avvalroq “Portu” va Eron terma jamoasi hujumchisi Mehdi Taremi 22 yoshli qiz Mahsa Aminiyning o‘limi va uning ortidan mamlakatda yuz berayotgan voqealar haqida gapirgani xabar qilingandi.
Izoh (0)