• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Konstitutsiyaviy islohotlar xalq hayotini qanday o‘zgartiradi?

    Umumxalq muhokamasiga qo‘yilgan “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi konstitutsiyaviy qonun loyihasiga fuqarolarimizdan 150 mingdan ortiq takliflar kelib tushgani, ular atroflicha muhokama qilinib, konstitutsiya mohiyatida aks etayotgani so‘zsiz yangi Asosiy qonunimiz xalqimizning dunyoqarashi, fikri va tafakkuri mahsuli sifatida tarixga muhrlanadi. Zero, konstitutsiya – haqiqiy ma’noda aytganda, mamlakatning huquqiy yuzi, insonlarning huquq va erkinliklarini himoyalaydigan hayotiy qomusdir.

    Hozirgi kunga qadar konstitutsiyamizga 16-marta o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilgan bo‘lsa, ularning aksariyati davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari vakolatlarini kengaytirishga oid bo‘lgan. Ochig‘ini aytganda, inson va fuqaroning huquq va erkinliklarini ta’minlash, ularni kafolatlash bilan bog‘liq o‘zgartish va qo‘shimchalar, nazarimizda, chetda qolayotganday edi. Chunki har qanday mamlakat konstitutsiyaviy davlat bo‘lishi uchun, birinchi navbatda, uning konstitutsiyasi qoidalari amalda bevosita ishlashi lozim. Bu nihoyatda muhim talab va zarurat hisoblanadi. Negaki, konstitutsiyaviy qoidalarning shaxs manfaatiga xizmat qilishiga qarab, jamiyat unga baho beradi.

    O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida hozirgi va kelajak hayotning huquqiy asoslarini takomillashtirish mas’uliyati va vazifasi vujudga keldi desak, hech ham xato qilmagan bo‘lamiz. Konstitutsiyaviy islohotlarda inson-jamiyat-davlat manfaatlari mutlaqo boshqacha, ya’ni inson qadri, inson qadrini ulug‘lash, inson manfaatlarini har narsadan ustuvor qo‘yish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bir so‘z bilan aytganda, konstitutsiyaviy islohotlarning asosiy maqsadi – xalqni rozi qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoyalash, hayot va turmush manzarasini tamomila yangi qiyofaga olib chiqish, eng muhimi, odamlarning konstitutsiyaviy islohotlarga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashdir.

    AQSH Mustaqillik deklaratsiyasi asoschilaridan biri Tomas Jeffersonning qiziq bir mulohazasi bor: uning taxminicha, konstitutsiyalar har 19 yilda o‘zgarishi kerak, negaki shu vaqt oralig‘ida aholining qariyb yarmi yangilanadi va amaldagi konstitutsiya odamlarning qiziqishlarini to‘liq qamrab ololmasligi mumkin. Qanday baholaysiz, nima deb o‘ylaysiz – buni bilmadim-u, lekin xulosa chiqarish o‘zingizdan!

    Meksika, Yangi Zelandiya, Braziliya, Shveysariya, Avstriya, Isroil, Chili, Kolumbiya, Gruziya, Hindiston davlatlarining konstitutsiyalariga doimiy tarzda o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritib borilmoqda. Hozir konstitutsiyasi o‘zgarmay qolgan davlatlar deyarli yo‘q hisobi. Demak, xulosa qilish mumkinki, zamon zaruriyatidan kelib chiqib, inson huquqlari, uning manfaatlari ustuvorlik ahamiyat kasb etarkan, yangi huquqlarga talab ortarkan, konstitutsiya bu ustuvorlikni doimo o‘z himoyasiga olishi zarur.

    Amaldagi konstitutsiyamiz normalariga e’tibor qaratsak, ko‘p qoidalar umumiy ifodalanganiga guvoh bo‘lishimiz mumkin. Ya’ni fuqarolarning o‘z huquqlarini amalga oshirishida, himoyalashida aniq belgilangan qoidalarni uchratish qiyin. Shu maqsadda ham, quyidagi: O‘zbekistonda o‘lim jazosini taqiqlash; “Miranda qoidasi”ni qo‘llash, ya’ni shaxsni ushlash chog‘ida uning huquqlari va nima sababdan ushlangani sodda tilda tushuntirilishi shartligi; shaxs sudning qaroriga qadar ko‘pi bilan qirq sakkiz soatdan ortiq ushlab turilishi mumkin emasligi; “hech kimga bajarib bo‘lmaydigan majburiyatni yuklama” yoki “qonun – imkonsiz narsani talab qilmasligi”; mamlakat bo‘ylab erkin harakatlanish kabi yangi normalarni kiritish zarurati paydo bo‘ldi. Bular so‘zsiz har qanday fuqaro kunlik hayotida duch keladigan muammolar bo‘lib, kiritilishi rejalashtirilgan yangi normalar ularni to‘g‘ridan-to‘g‘ri tartibga solishga qaratilgandir.

    Bugun sudlanganlik fakti tegishli huquqiy tartibda olib tashlangandan so‘ng sudlanganlik fakti ana shu shaxsning o‘ziga, uning hayotiga ta’sir etishi mumkin bo‘lmagan sharoitda bu holat nafaqat unga, balki uning oila a’zolari, yaqin qarindoshlari hayotiga salbiy ta’sir ko‘rsatish holatlari ba’zan uchramoqda.

    Hech bir holatda inson o‘zining yaqinlari yo‘l qo‘ygan xatolar uchun javob berishi mumkin emas! Shu maqsadda ham mazkur salbiy illatning oldini olish uchun konstitutsiyaviy qonun loyihasida shaxsning sudlanganligi va bundan kelib chiqadigan huquqiy oqibatlar uning qarindoshlari huquqlarini cheklash uchun asos bo‘lmasligi kerakligi, qat’iy belgilab qo‘yilmoqda.

    Yoki bo‘lmasa, ilgari “propiska” deganda ko‘pchiligimizning ko‘z oldimizga ish topa olmagan va chet elga ketgan minglab malakali kadrlar, o‘z uylarini boshqa odamlarning nomlariga rasmiylashtirgan fuqarolar, “propiska” uchun tuzilgan soxta nikohlar, qonunni chetlab o‘tish bilan bog‘liq korrupsiyaviy holatlar keladi. Shu sabab qanchadan-qancha iqtidorli kadrlar o‘z zehniyatini ko‘rsatolmay, o‘z kasbiy xohish-istagidan voz kechishga majbur bo‘lgan. Bu kabi holatlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun ham konstitutsiyada O‘zbekiston Respublikasi hududida qonuniy asoslarda bo‘lib turgan har bir shaxs respublika hududi bo‘ylab erkin harakatlanish, turar va yashash joyini erkin tanlash huquqiga egaligi belgilab qo‘yilishi rejalashtirilmoqda.

    O‘zbekistonda xususiy ta’limni rivojlantirishga shart-sharoit yaratish, inklyuziv ta’limni rivojlantirish, alohida ta’limga ehtiyoji bor bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini takomillashtirish kabi yangi qoidalar ham konstitutsiyada ifodalanishi – ta’lim tizimining samaradorligini ta’minlashga, kelajak avlodning sifatli bilim olishdagi imkoniyatlarini yanada kengaytirishga xizmat qiladi. Ilgari xususiy va inklyuziv ta’limni rivojlantirishga shart-sharoit bormidi? Ta’kidlash lozimki, hozir O‘zbekistonda umumiy hisobda 190 ga yaqin oliy ta’lim muassasalari faoliyat yuritayotgan bo‘lib, ularning 30 dan ortig‘i nodavlat oliy ta’lim muassasalaridir. Bu ko‘rsatkichlar shundan ham dalolat beradiki, ta’limni, uning sifatini oshirmasdan turib, maqsadli yurishni amalga oshirib bo‘lmaydi.

    Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash lozimki, konstitutsiyaviy o‘zgarishlar mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning boshlanishi, eng muhimi, bu yangi qoidalar inson, jamiyat va davlat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri tartibga solishda o‘z kuchi va salmog‘ini ko‘rsatishi lozim.

    Sherzod Zulfiqorov, Jamoat xavfsizligi universiteti kafedra boshlig‘i, professor, ekspert guruhi a’zosi

    21.10.2022, 13:28   Izoh (0)   6674
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda havo harorati me’yordan 8-10 darajaga pasayishi kutilmoqda

    21.10.2022, 13:01

    O‘zbekiston va Turkmaniston Afg‘onistondagi vaziyatni barqarorlashtirishga qaratilgan harakatlarni kengaytiradi

    21.10.2022, 12:44

    O‘zbekiston—Turkmaniston strategik sherikchiligini chuqurlashtirish to‘g‘risida deklaratsiya imzolandi

    21.10.2022, 12:28

    “O‘zbekistonga Xitoy va Rossiyaning iqtisodiy ta’siri shiddat bilan kuchaymoqda” — iqtisodchi Otabek Bakirov

    21.10.2022, 12:25

    O‘zbekiston va Turkmaniston transport yo‘laklarini faol rivojlantirishga kelishib oldi

    21.10.2022, 11:38

    O‘zbekiston dehqon bozorlaridagi ayrim oziq-ovqat mahsulotlari narxlari e’lon qilindi

    21.10.2022, 11:28
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Putin yadrochilar bilan maxfiy yig‘ilish o‘tkazdi

    Dunyo | 24 avgust, 21:10

    Shavkat Mirziyoyev bir guruh harbiylar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarini mukofotladi — ro‘yxat

    O‘zbekiston | 24 avgust, 20:20

    O‘zbekistonda 40 kunda fermer xo‘jaliklari 30,6 mlrd so‘mlik elektr energiyasini talon-toroj qildi

    Toshkent viloyati | 24 avgust, 20:12

    Shimoliy Koreya yangi zenit raketalarini sinovdan o‘tkazdi (foto)

    Dunyo | 24 avgust, 18:57

    Iordaniya podshohi O‘zbekistonga keladi

    O‘zbekiston | 24 avgust, 18:30

    Turkiyaga ishlash uchun borib, aldanib qolgan ayol ortga qaytarildi

    Samarqand | 24 avgust, 18:21

    Isroil zarbalari sabab qurbon bo‘lgan g‘azoliklar soni yana 63 kishiga ko‘paydi

    Dunyo | 24 avgust, 17:55

    Xitoyda uch yoshli qizchaning boshidan 15 sm pichoq chiqarib olindi

    Dunyo | 24 avgust, 17:32

    Haddan oshgan muxlislar: dahshatli ta’qiblarga uchragan jahon yulduzlari

    Kino | 24 avgust, 17:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.