O‘zbekiston va Turkmaniston davlat rahbarlari Afg‘onistonda vaziyatni tez fursatda barqarorlashtirish va muhim infratuzilma loyihalarini ilgari surishga qaratilgan sa’y-harakatlarni kengaytirishga kelishib oldi. Bu haqda ikki davlat rahbarlari o‘rtasidagi muzokaralar yakuni bo‘yicha OAV uchun o‘tkazilgan brifingda ma’lum qilindi.
Brifingda davlatlarning xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb masalalari yuzasidan pozitsiyalari mushtarak ekani qayd etildi. BMT, YEXHT, MDH, SHHT, TDT, OQXF va boshqa ko‘p tomonlama tuzilmalar doirasidagi faol hamkorlik davom ettiriladi.
“Biz Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining Maslahat uchrashuvi doirasidagi mintaqaviy hamkorlikni bundan buyon ham mustahkamlashga kelishib oldik, — degan O‘zbekiston prezidenti.
Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston prezidenti va u orqali qardosh turkman xalqiga samimiy mehmondo‘stlik uchun minnatdorlik bildirdi. Sermahsul muzokaralar natijalari O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik har tomonlama mustahkamlanishiga xizmat qilishiga ishonch bildirdi.
Mavzuga doir:
Izoh (0)