Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash va oqova suv xizmatlari ko‘rsatishni yanada takomillashtirishning qo‘shimcha choralari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Unga ko‘ra, 2023-yildan boshlab har yili davlat ijtimoiy buyurtmalari doirasida aholi punktlarini markazlashgan ichimlik suv va oqova suv chiqarish xizmati bilan ta’minlash uchun 50 milliard so‘m miqdorida mablag‘lar ajratib borilishi ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, qaror bilan davlat ijtimoiy buyurtmalari doirasida aholi punktlarini markazlashgan ichimlik suvi va oqova suv chiqarish xizmati bilan ta’minlash loyihalarini nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari ishtirokida amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanadi.
Markazlashgan ichimlik suvi ta’minoti yetib bormagan aholi punktlarini ichimlik suvi bilan ta’minlashning manzilli ro‘yxatini shakllantirish Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari hamda loyiha boshqaruvchisi hisoblangan NNT zimmasiga yuklatiladi.
Mavzuga doir:
Izoh (0)