Ijtimoiy tarmoqlarda Davaktiv agentligi nomidan soxta akkaunt ochilgani va ushbu akkauntda chop etilgan xabardagi havola orqali bir martalik moddiy yordam nafaqa pullari olish mumkinligi haqida xabar tarqaldi. Bu haqda Telegram’dagi soxta axborotlarga raddiya beruvchi “AntiFake.uz” kanali xabar qildi.
Qayd etilishicha, mazkur xabar va akkaunt haqiqatga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydi va fuqarolardan bu kabi feyk ma'lumotlarga ishonmaslik so‘raladi.
“Fuqarolardan bu kabi xabarlarda keltirilgan havolalarga kirmaslikni so‘rab, virtual firibgarlardan ogoh bo‘lishga chaqiramiz”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)