Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 20-oktabrda amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 8,44 so‘mga pastlab, 11 148,99 so‘mni tashkil qildi. Yevro 30,60 so‘mga tushib, 10 946,08 so‘m bo‘ldi. Rubl 0,30 so‘mga oshib, 181,06 so‘m bo‘ldi.
Bundan avval dollarning rasmiy kursi ketma-ket yetti kun ko‘tarilib, 11 157,43 so‘mni tashkil qilgandi. O‘zbekistondagi bir nechta tijorat banklarida 18-oktabr, seshanba kuni dollar kursi 11 200 so‘mgacha ko‘tarilgandi.
Izoh (0)