Xitoy harbiylari uchuvchilarni tayyorlashni tezlashtirish uchun Qirollik havo kuchlari reaktiv uchuvchilarini jalb qilmoqda, deb xabar qiladi The Guardian.
Britaniya rasmiylari mamlakat manfaatlariga tahdid solayotgani uchun bu sxemalarni ma’qullamagan. Britaniyalik uchuvchilarga mashg‘ulotlar o‘tkazish taqiqlanmagan bo‘lsa-da, London xavflarni minimallashtirish uchun choralar ko‘rmoqchi.Taxminan 30 ga yaqin britaniyalik sobiq uchuvchi Xitoy tomonidan uchinchi tomonlar, xususan, Janubiy Afrikada joylashgan uchish akademiyasi orqali taklif qilingan juda manfaatli ish sharoitlaridan foydalangan.
Britaniya rasmiylari o‘z uchuvchilariga xitoylik harbiylarga hech qanday maxfiy ma’lumotni oshkor qilmaslikni eslatib, “keskin ogohlantirish” e’lon qilgan.
Hozircha Britaniyaning hech bir sobiq uchuvchisi Xitoyda mashg‘ulot o‘tkazish orqali rasmiy sir qonunlarini buzgani haqida dalil yo‘q, ammo rasmiylar xavfni kamaytirish uchun choralar ko‘rayotgani aytildi.
Eslatib o‘tamiz, 18-oktabr, seshanba kuni Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Ben Uolles Ukrainaga oid xavfsizlik masalalarini muhokama qilish uchun zudlik bilan AQSHga uchib ketdi.
Izoh (0)